Mavzu: WordPress
1. MasterLeo (M) (527) [off] | TXT | 22| 13 Jun 2017, 12:09
Salom forum axli!

Bugun mana Wordpress xaqida gaplashamiz.

Xar kim bilganini bilmaganlarga o'rgatishini so'raymiz!

Bilmaganlar esa bilganlardan so'rasin!
Offtopiclar bo'lmaydi degan umiddaman.


《《》》》》》》》》》》》》》》
2. x[LuckyBoy]x (44) [off] | TXT | 22| 13 Jun 2017, 16:34
WordPress bu — kontentlarni boshqarish tizimi hisoblanib(CMS), PHP dasturlash tilida tuzilgan, qo’shimchasiga CSS stillari, JS kodlari, HTML teglari ham ishlatilgan. Bu CMS asosan blog saytlar tuzish uchun ishlatiladi, lekin hozirgi kunda istalgan murakkablikdagi saytlarni ham tuzish mumkin.
WordPress tizimi tez-tez yangilanib turadi va har bir yangilanish ma’lum bir qo’shimcha funksiyalar yaratilishiga sabab bo’ladi, undan tashqari xatoliklar ham to’g’irlanadi.
Bu CMS’ning yaxshi tomoni shundaki, admin paneli juda qulay va tushunarlidir. Biroz til (rus yoki ingliz tili)ni bilgan holda o’zingiz titkilab o’rganib olishingiz ham mumkin.
WordPress’da sayt qilish uchun biror shablon tanlanadi va shu shablon asosida sayt tuziladi, shablonlar topish muammo emas, chunki bu CMS shablonlari juda ko’p va rang barangdir.
Shablonlar ham 2 xil bo’ladi,pullikvabepul. Agar qandaydir murakkab sayt yoki daromadli sayt qilmoqchi bo’lsangiz, albatta pullik shablonni tanlashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki pullik shablonlarni ishlatkaningizda, qandaydir muammoga uchrasangiz, shablon tuzuvchilari sizga bu muammoni yechib beriashadi, ya’ni qo’llab quvvatlash hizmati mavjud.
Hozirda shablonlar moslashuvchanlik(responsive) hususiyatiga ega, ya’ni istalgan o’lchamli ekranlarga moslashib ketaveradi, xar hil ekranlar uchun alohida sayt qilmaysiz.
Shablonlar funksiyasini oshirish uchun plaginlar ishlatiladi, plaginlar sayt strukturasini o’zgartirmagan holda, qo’shimcha hizmatlarni qo’shishi mumkin. Plaginlar soni ham juda ko’p bo’lib, ular ham borgan sari yangilanib boradi. WordPress versiyasi yangilanganda, plaginlar ham shu asosida yangilanadi, ya’ni moslashtiriladi.
Shablon va plaginlar bu CMS’ning asosi hisoblanishadi, har doim WordPress, shablon va plaginlarni yengilab borish lozim(bu haqida admin panelda ma’lumot berib boriladi), bu xavfsizlik darajasini oshishiga olib keladi. O’zimda bo’lgan holat, WordPress’ni eski versiyasini ishlatib, sayt buzilishiga sababchi bo’lganman.
WordPress’ni o’rganishdan oldin quyidagilarni bilishingiz lozim:
— CMS haqida;
— Web server;
— MySQL(boshlang’ich malumotlar: nima bu, jadval, ustun, tip, …);
— WAMP(Denwer yoki OpenServer);
— HTML teglari, CSS stillari(asosi yetarli bo’ladi);
— arxiv fayllar hosil qilish va ularni ochish(WinRar);
— Total Commander bilan ishlash(iloji boricha);
Yuqoridagilarni birortasi haqida umuman hech narsa bilmasangiz, sizga qiyinroq bo’ladi, shuning uchun, dastlab, bu tushunchalar nima ekanligi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ling, nazariy jihatdan bo’lsa ham.
Ijobiy (1): MasterLeo,
Raxmat aytdi (1): Shohnur_CR7,
3. x[LuckyBoy]x (44) [off] | TXT | 22| 13 Jun 2017, 16:34
WordPress— bu shaxsiy blogyaratish va vebsayt ma'lumotlarini tahrir qilish qurilmasi hisoblanadi. Ushbu dastur MySQLhamda PHPyordamida ishlaydi. WordPress 2013-yilning Avgust oyida 10 million veb saytlarning 22% egalladi. Hozirda WordPress Vebolamidagi eng katta blogging tizimlaridan biri hisoblanib, uning yordamida 60 millionga yaqin veb saytlar ochilgan.
WordPressning ilk bor ommaga tadbiq etilishi 2003-yilning 27-mayida bo'lgan. Ub2/cafelogdasturining rasmiy davomchisi hisoblanadi.
Ijobiy (1): MasterLeo,
4. StreeT BoY (50) [off] | TXT | 22| 13 Jun 2017, 17:40
Daryo.uz kabi zor saytla wordpress dan ochilgan)) oddiy ishlash juda sodda qilingan yangi kirgan odam ham oson tushunadi)) yanglik saytlaga, bloklarga juda qulayliklari kop :)
5. MasterLeo (M) (527) [off] | TXT | 22| 3 Jul 2017, 11:14
Ammo ko'plar bunda ishlashni yoqtirishmidi ''qiyinmey''
6. Jazeera (158) [off] | TXT | 22| 3 Jul 2017, 11:23
Men ham WordPress da blog sayt ochmoqchi edim, uning skriptininkim bu yerga joylay oladi? Yoki link beradi?
Yana bir savol: WordPressda Android yoki javada ham ishlasa bo'ladimi?
7. Specialist001 (25) [off] | TXT | 22| 3 Jul 2017, 14:38

Инструмент создания блогов, платформа для публикаций и CMS - WordPress.org Русский

Программное обеспечение с открытым кодом, которое поможет вам легко создать красивый сайт, блог или веб-приложение.

https://ru.wordpress.org/

Android da iwlaw un devaysda web server(Palapa, KsWeb yoki wunga oxwaw) programmasi boliwi kerak. Yaxwisi kompda localhostda tuzgan yaxwi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1424
Mavzuga oid xabarlar soni: 75 ta
So'ngi faollik vaqti: 27 Nov 2019, 00:13
Mavzuni ko'rishgan: 65 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 250 (0/250)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru