INTERNET VA DASTURLASH
|
Skriptlar muhokamasi
|
Mavzu:
Johncmsni o‘rganamiz!
Mavzu fayllari
(1)
[b]O'rgangan narsalaringiz bo'yicha tajribalar o'tkazib turishni unutmang! Demak, endigi darsimiz: yadro funksiyalari (functions). JohnCMS yadrosi incfiles/core.php fayli bo'lib, bu fayl bir qancha "class" fayllarga ega. Bu fayllar esa incfiles/classes/ papkasi ichida joylashgan. Bugun biz shu "class"lardan biri bo'lgan "functions"ni o'rganamiz. Functions bizga ko'plab amallarni qisqartirishda yordam beradi. Bir boshidan boshlaylik. functions::antiflood() Bu funksiya user qoldirayotgan xabarlar flood yoki flood emasligini aniqlab beradi. Ya'ni avvalgi posti bilan hozirgi posti oralig'i juda kam emasligini aniqlab beradi. Agar flood qoldirayotgan bo'lsa funksiya javobi TRUE, aks holda FALSE bo'ladi. Ishlatish tartibi esa quyidagicha: $flood = functions::antiflood(); if ($flood) $error = $lng['error_flood'] . ' ' . $flood . ' ' . $lng['seconds']; Ishlash tartibi: $flood o'zgaruvchisi anflood funksiyasiga teng. Agar o'zgaruvchi mavjud holatda (TRUE) qaytsa, u holda $error o'zgaruvchisiga xabar biriktiriladi. (u haqida keyingi darslarda). Keyingi funksiya: functions::antilink($var) Antilink funksiyasi belgilangan matndagi link (ssilka)larni matndan olib tashlaydi/o'zgartirib qo'yadi. Qavs ichi bo'sh emas, $var o'zgaruvchisi borligiga sabab esa, bu funkiya antifloodga o'xshab so'rovga javob yubormaydi, ish bajaradi. $var => bu turli hil belgilardan iborat matn ekanini bilib olsangiz yetarli)) albatta, bu funksiyadan foydalanishda bu o'zgaruvchini yozmaymiz, batafsil tasnifini keyinchalik bilib olasiz. Antilink ishlash tartibi: $gap = 'Sizlarni http://sayt.uz saytiga taklif qilaman!'; $natija = functions::antilink($gap); echo $natija; Bu funksiya brauzerga quyidagicha jumla yuklaydi: Sizlarni ### saytiga taklif qilaman! Demak, ishlash tartibi bilan tanishib oldingiz a? Keyingi funksiya: functions::checking($str) Buning ham ishlash tartibi antilinkga o'xshash, faqat uslubi boshqacha, bu belgilangan jumladagi UTF-8 kodirovkasiga tegishli bo'lmagan belgilarni olib tashlaydi. Masalan emojilar (messenjerlar smayllari) UTF-8ga begona, demak bu funksiya qo'llanganida bular matndan olib tashlanadi. Navbatdagi funksiya: functions::checkout($str, $br = 0, $tags = 0) Bu funksiya matnni oydinlashtiradi. Ya'ni agar matnda belgilar E ; holda bo'lganida, bularni filtrlab, belgilarning asl holatini (masalan ' ) brauzerga uzatadi. Agar $br=1 qilinsa, r \ n\ tartibida qator tashlashlar yozilgan bo'lsa, shularni filtrlab, r \ n \ larni haqiqiy qator tashlashga o'zgartirib, brauzerga uzatadi. $tags=1 qilinganida esa, matnda bb kodlar ishlashi taminlanadi. Agar $br va $tags o'zgaruvchilari funksiyaga kiritilmasa, default holatda "0" deb olinadi. Ishlatib ko'ramiz: $matn = 'Salom r \ n \ qaleysan?'; $natija = functions::checkout($matn, $br=1, $tags=0); echo $natija; Bu kod brauzerga quyidagicha yuklanadi: Salom Qaleysan? Ko'rib turganingizdek, rn qator tashlashga o'zgartirildi. $tagsni ko'rsatmaganimiz sabab default nol deb hisoblanadi va matnda bb kodlardan foydalanganimizda ham ish bermaydi. Navbatdagi funksiya: functions::display_counters() ushbu funksiya juda oddiy, ko'rsatilgan joyga bazada mavjud hisoblagichlarni (top-reyting hisoblagichlarni demoqchiman) chiqaradi. Ishlatish ham juda oddiy: functions::display_counters(); [/b]
Yuklab olish
Onlayn 252 (0/252)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa