INTERNET VA DASTURLASH
|
Skriptlar muhokamasi
|
Mavzu:
Johncmsni o‘rganamiz!
Mavzu fayllari
(1)
[i][b]Davomi[/i][/b] ...[b] Bu kod esa brauzerga belgilangan tartibdagi top-reyting hisoblagichlari va/yoki bannerlarn chiqaradi. Bular, o'z navbatida, admin paneli orqali qo'shiladi va boshqariladi. Navbatdagi funksiya: functions::display_date($var) Agar shu funksiya bo'lmaganida huddi cho'loqqa o'xshab qolardim)) Bu funksiya vazifasi Unix time stamp formatidagi vaqtni (raqamlarni, bu haqida o'tgan darsda ma'lumot oldingiz) Sana ko'rinishiga, kecha, bugun qo'shimchalari bilan brauzerga uzatadi. Masalan: $vaqt = time(); echo functions::display_date($vaqt); Buning natijasi esa, brauzerga quyidagi javobni yuboradi: Bugun, 17:25 Bu holatda yozilgan xabarlarning vaqti aniq holatda brauzerga uzatiladi. Agar $vaqt kechagi vaqt bo'yicha bo'lsa, u holda javob: Kecha, 17:25 ko'rinishida bo'ladi. Agar kechadan oldingi bo'lsa, u holda sana to'liq holda yoziladi: 09.02.2015 / 17:25 Navbatdi funksiya: functions::display_error($error = '', $link = '') Ushbu funksiyadan xatoliklarni aks ettirishda foydalaniladi. Brauzerda ko'rinishi esa qizil fon ichida xatolik haqida yoziladi va agar link yozilgan bo'lsa, ostiga o'xsha link kiritiladi. Ishlatish: $matn = 'XATOLIK! Siz so\'rayotgan sahifa mavjud emas!'; $manzil = '
Bosh sahifaga
'; echo functions::display_error($error = $matn, $link = $manzil); yoki: echo functions::display_error($matn, $manzil); Yoki qavs ichiga faqat xatolik haqidagi matnni kiritish ham mumkin: echo functions::display_error('Bnday sahifa mavjud emas!'); Menimcha tushunarli bo'ldi. Qolganini mashqlar jarayonida anglab yetasiz. Biz esa keyingi funksiyaga o'tamiz: functions::display_pagination($url, $start, $total, $kmess) Bu funksiya sahifalashda foydalaniladi. Va user sozlamalarida belgilangandan ortiqcha detallar (masalan: postlar, smslar, boshqa ro'yxatlar) esa keyingi sahifaga o'tadi. Bu haqida batafsil keyinroq, vaqti kelganida gaplashamiz)) functions::rus_lat($str) va functions::trans($str) Bu ikkalasini birga yozganimni sababi, vazifasi deyarli bir xil, faqat bir-biriga teskari amalni bajaradi. Ushbu funksiyalar belgilangan matnni kirill alifbosidan lotin alifbosiga yoki lotin alifbosidan kirill alifbosiga o'giradi. $matn = 'Калеслар?'; echo functions::rus_lat($matn); bu holat brauzerga Kaleslar? degan jumlani uzatadi. $matn = 'Kaleslar?'; echo functions::trans($matn); Bu holatda esa brauzerga Калеслар? Jumlasi uzatiladi. functions::timecount($var) Ushbu funksiya vaqtni sanaydi. Ya'ni kiritilgan soniyalar necha kun, soat, daqiqa ekanini brauzerga uzatadi. Bundan misol uchun userning saytda o'tkazga vaqtlarini (`total_on_site`) hisoblashda foydalaniladi functions::format($name) Ushbu funksiya belgilangan faylni formatini aniqlab beradi. Masalan: $file = $home.'/files/file.zip'; echo functions::format($file); Bu brauzerimizda .zip bo'lib chiqadi.[/b]
Yuklab olish
Onlayn 202 (0/202)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa