uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
INTERNET VA DASTURLASH | Dasturlash tillari |
Mavzu: HTTP va HTTPS protokollari
Mavzu fayllari (1)
1. Prince_Abdul(M) (1106) [off] |TXT| 41|3 Oct 2017, 22:25
HTTP ingliz tilidagi «Hyper Text Transfer Protocol» so’zlarining bosh harflaridan olingan. Oxirida qo’shiladigan S qo’shimchasi esa «Secure» so’zining bosh harfi hisoblanadi. Aslida HTTPS – bu HTTP protokolining xavfsiz shakli bo’lib, HTTPdan farqli ravishda HTTPS protokolida barcha murojaatlar kodlangan shaklda yuboriladi.
Ma’lumki saytlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha bo’lgan aloqa birligida ishlaydi: foydalanuvchi ma’lumotlarni saytga kiritganda brauzer ma’lumotlarni serverga jo’natadi va aksincha, foydalanuvchi ma’lumotlarni serverdan so’raganda shu aloqa yo’li orqali ma’lumotlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha yuboriladi. Oddiy HTTP orqali ma’lumotlar almashinuvi sodir bo’lganda serverdan brauzergacha bo’lgan aloqa xavfli bo’lishi mumkin. Xakerlar bu aloqani buzib kirib serverdan foydalanuvchiga, yoki foydalanuvchidan serverga yuborayotgan ma’lumotlarni o’g’irlab olishi mumkin. Bunday xavfni bartaraf etish uchun HTTPS protokoli yo’lga qo’yilgan.
HTTPS serverdan brauzergacha va aksincha bo’lgan aloqlarni kodlash va qayta kodlash tarzida ishlaydi. Xavfsiz aloqaning asosini SSL yoki TLS xavfsizlik protokollari tashkil etadi. Ularning ikkalasi ham shaxsiy va ommaviy kalitlar asosida ishlaydi. Shaxsiy kalit faqat serverda saqlanadi va u maxfiy hisoblanadi. Ommaviy kalit esa hamma uchun ochiq bo’lib, erkin tarqatiladi. Server foydalanuvchiga qaysidir ma’lumotni jo’natayotgan vaqtida uni o’zidagi shaxsiy kalit yordamida kodlaydi va brauzerga uzatadi. Natijada brauzergacha kelayotgan aloqa kodlangan holatda bo’ladi va mobodo qaysidir xaker uni brauzergacha buzib, o’qishga harakat qilsa, undagi ommaviy kalit yuborilgan aloqa ma’lumoti bilan mos tushmaydi, shu tarzda qayta kodlash amalga oshirilmaydi. Bu aloqaning xavfsizligini ta’minlaydi. Sayt yuklanayotganda har bir brauzer avtomatik tarzda serverdan ommaviy kalitni qabul qilib oladi va ikki tomonlama bir xil kalit asosida serverda kodlangan ma’lumot brauzerga kelib qayta kodlanadi va foydalanuvchiga ko’rsatiladi. Foydalanuvchining ham ham o’z navbatida yuboradigan ma’lumoti brauzer ommaviy kaliti tomonidan kodlanadi va serverga yetib borganidan so’ng qayta kodlab, ma’lumot saqlanadi. Oddiy qilib aytganda server va brauzer secure protokol yordamida bir-birlariga ma’lumotni «qadoqlab» yuborishadi. O’rtadagi ma’lumot qadoqi maxsus kalitsiz ochilmasligi natijasida aloqa xavfsizligi ta’minlanadi.
HTTPS protokoli saytdan serverga va serverdan saytga maxfiy ma’lumotlar yuborishda, kredit karta va bank xisob raqami amaliyotlarini amalga oshirishda ishlatiladi. Bu protokoldan foydalanish uchun har bir sayt (server) o’zining SSL sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Bitta SSL sertifikatining shaxsiy kaliti millardlab brauzerlarga yuboriladigan ommaviy kalitlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Bitta saytning kaliti boshqa saytning yuborgan xavfsiz ma’lumotini ocha olmaydi. Agar sayt joylashgan serverda SSL yoki TLS protokoli sertifikati o’rnatilgan bo’lsa, brauzerlar bu saytning (serverning) xavsiz ekanligini turli belgilar bilan ifodalashadi. Ko’pincha brauzerlarda bu belgi sayt nomining yashil rang bilan berilishida ko’rinadi:

Agar saytingiz va serveringiz orqali hech qanday maxfiy ma’lumotlar, xakerlar xujumidan saqlanishi kerak bo’lgan muhim amaliyotlar amalga oshirilmasa, HTTPdan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin. Ammo saytingizda foydalanuvchilarning pul mablag’lari, shaxsiy axborotlari va shunga o’xshash hech kimga ko’rsatilmasligi kerak bo’lgan ma’lumotlar bilan amaliyotlar qilinsa, Siz uchun HTTPS protokolida ishlash juda zarur hisoblanadi.
Xullas, HTTPS protokolidan foydalanishning quyidagi afzalliklari bor:
foydalanuvchi ma’lumotlari, kredit karta raqamlari va boshqa maxfiy ma’lumotlar kodlangan tarzda yuboriladi va uni xakerlar buza olmaydi;
foydalanuvchilar brauzerda sertifikatning «yashil» ekanligini ko’rib saytning ishonchli ekanligini bilishadi;
foydalanuvchilar xavfsizlik sertifikatiga ega saytlar orqali harid qilishda o’zlarini xavfsiz his qilishadi;
sertifikati bor saytlarga ko’proq ishonishadi.
Raxmat aytdi (1): BAXABEK,
2. Prince_Abdul(M) (1106) [off] |TXT| 41|3 Oct 2017, 22:26
Azamat.uz
55d5ddc4c8c7d.png

Yuklangan: 220 marta (152KB)
3. Protsessor (8) [off] |TXT| 41|3 Oct 2017, 22:32
bilamiz
4. wmAkbarali(2767) [off] |TXT| 41|14 March 2018, 21:26
Ha tushunarli lekin johncmsga https ga qanday o'tqizsa bo'ladi. Saytga qanday o'rnatiladi.
.
.
Copy qilishni internetga kirgan hamma biladi lekin olgan malumotini ishlatishni hamma ham bilavermaydi.
5. Bekmurod (56) [off] |TXT| 35|30 March 2018, 07:03
Akbarali (14 March 2018, 21:26):
Ha tushunarli lekin johncmsga https ga qanday o'tqizsa bo'ladi. Saytga qanday o'rnatiladi.
.
.
Copy qilishni internetga kirgan hamma• • •
Sertifikat berish hosting serveridan ammalga oshiriladi(consoldan). Agar server emas hostingda bo'lsangiz hosting beruvchi sertifikat berishi kerak. Sertifikat olganizdan kegin saytiz httpda ham httpsda ham ishlayveradi shunda johnda admim panelda saytiz addresi degan joyga https orqali yozing.
6. wmDIYORBEK (103) [off] |TXT| 28|9 Apr 2018, 15:34
saytni qanday http dan https ga utqasa buladi
7. DoN (254) [off] |TXT| 28|9 Apr 2018, 15:58
DIYORBEK (9 Apr 2018, 15:34):
saytni qanday http dan https ga utqasa buladi
DIYORBEK, Bundan Qanday Foyda buladi Qanday Avzaligi bor
8. wmDIYORBEK (103) [off] |TXT| 28|9 Apr 2018, 16:50
DoN (9 Apr 2018, 15:58):
DIYORBEK, Bundan Qanday Foyda buladi Qanday Avzaligi bor
DoN, #1 postini uqib chiqing
9. DoN (254) [off] |TXT| 26|9 Apr 2018, 17:57
DIYORBEK (9 Apr 2018, 16:50):
DoN, #1 postini uqib chiqing
DIYORBEK, uqidim
10. Clone (3) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 19:10
Salom do'stlar menga yordamiz kerak http pratakoli qanday ishlaydi va kamchiliklari ham bormi yani buzish mumkunmi?
11. Prince_Abdul(M) (1106) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 20:26
Clone (22 Apr 2018, 19:10):
Salom do'stlar menga yordamiz kerak http pratakoli qanday ishlaydi va kamchiliklari ham bormi yani buzish mumkunmi?
Clone, https sertifikati bilan bo'lsa buzish keyinroq unga ancha hakcerlar buza olmaydi http ni buza olishadi
12. wmNarzullo (847) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 20:31
Ok.ru ni hech kim buzaolmarkanda Https ga ulangan
13. shohrux (337) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 20:58
Narzullo (22 Apr 2018, 20:31):
Ok.ru ni hech kim buzaolmarkanda Https ga ulangan
Narzullo, kxe oshna ok.ru da officialni masterlari ishliydi
14. wmNarzullo (847) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 21:02
shohrux (22 Apr 2018, 20:58):
Narzullo, kxe oshna ok.ru da officialni masterlari ishliydi
shohrux, Google buzishdiku
15. shohrux (337) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 21:09
Prince_Abdul (22 Apr 2018, 20:26):
Clone, https sertifikati bilan bo'lsa buzish keyinroq unga ancha hakcerlar buza olmaydi http ni buza olishadi
-----BEGIN CERTIFICATE-----
MIID/TCCAuWgAwIBAgIBADANBgkqhkiG9w0BAQQFADCBmDELMAkGA1UEBhMCVVox
ETAPBgNVBAgMCFRhc2hrZW50MREwDwYDVQQHDAhGZXJnaGFuYTEZMBcGA1UECgwQ
U294c2tpeSBHdWxpc3RhbjEOMAwGA1UECwwFQ2N0bGQxEzARBgNVBAMMCnpvci16
b3IudXoxIzAhBgkqhkiG9w0BCQEWFG1hc3RlcnNfc2hveEBtYWlsLnJ1MB4XDTE4
MDQxOTE1MTkzNFoXDTE5MDQxOTE1MTkzNFowgZgxCzAJBgNVBAYTAlVaMREwDwYD
VQQIDAhUYXNoa2VudDERMA8GA1UEBwwIRmVyZ2hhbmExGTAXBgNVBAoMEFNveHNr
aXkgR3VsaXN0YW4xDjAMBgNVBAsMBUNjdGxkMRMwEQYDVQQDDAp6b3Item9yLnV6
MSMwIQYJKoZIhvcNAQkBFhRtYXN0ZXJzX3Nob3hAbWFpbC5ydTCCASIwDQYJKoZI
hvcNAQEBBQADggEPADCCAQoCggEBAPq/Jwg+ELkP44yKI/5iB8sfkJjmbmGiYOoe
xzrgprcx6BRCVwHAEmHJgmrvMDgreIHgC0/v6xwasp1UjvZmgaiYO7iBwCzK6R3v
QC8Ssnml/7nQ246EIKuGdjw18ytoQLFmFoJDRLIj0Gdjd41HaAiSxGLiV7wKSWXv
3Ix4C0cdHoDIhmBD3gF0lCBUKpRTcFkT8r8X49zO8zTEWhJDLaOHBRAJieLq87cT
DbMroNntRTlEOqqI1FGGJHUq1AZMPf0+IldIOdBieHvawuKQJ3g+ehAx+/T46hcO
YCgwbOpPBCWxxebdYONLVSFawY4xB35se9y/F+9GR/zNX8vbyokCAwEAAaNQME4w
HQYDVR0OBBYEFLXoaX3rfpUYna69xW3Srlj/qDX9MB8GA1UdIwQYMBaAFLXoaX3r
fpUYna69xW3Srlj/qDX9MAwGA1UdEwQFMAMBAf8wDQYJKoZIhvcNAQEEBQADggEB
AHW/ZywtMJdcdP74scKjXEe2kVJHInXCLB1SyxVB4rOlE1mCNtrRAgmIrXRchIDK
t9h2cU3SbhMujo+cuF3r4hWxi9iSByY8bxeOv5mAlnP9yOT9wFE7nmzlVhfobQ2w
4hSz7LpxzzzTaKFKJFadlDeKS8HSc5FRw+FFj9YcMY8UuWfXPxheXmI6h9fWhQ1S
sNrwKY4DL8nLb4rIysLnvuMrBZf1qgCwRzjjWspTGfOoJr8XMS/azbQkZdh/wgzO
mVdRVQbA1Xj5yaJrZxzXOrX3hyl5pi8tUyr/mvqy4mP5u0MTmARMb0+QbjkU4OQ3
b7DvMTgpz+DXtikddRKkfm0=
-----END CERTIFICATE-----
16. shohrux (337) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 21:11
Prince_Abdul (22 Apr 2018, 20:26):
Clone, https sertifikati bilan bo'lsa buzish keyinroq unga ancha hakcerlar buza olmaydi http ni buza olishadi
Prince_Abdul, dust Управление SSL da shunda y kod bervoti qayerga quyaman
17. shohrux (337) [off] |TXT| 19|22 Apr 2018, 21:12
Narzullo (22 Apr 2018, 21:02):
shohrux, Google buzishdiku
Narzullo, google amerikaniki rusnikini buzolmedi
18. wmNarzullo (847) [off] |TXT| 18|22 Apr 2018, 21:13
Xabar Bahh Tee tomonidan o'chirilgan.
19. Prince_Abdul(M) (1106) [off] |TXT| 15|23 Apr 2018, 05:56
shohrux (22 Apr 2018, 21:11):
Prince_Abdul, dust Управление SSL da shunda y kod bervoti qayerga quyaman
shohrux, https sertifikatni hali ishlatmadim shunga unchalik bilmiyman do'st. Sizga qanday o'rnatish ma'lumotini berishlari kerak edi berdimi?
Oxirgi o'zgarish: Prince_Abdul (23 Apr 2018, 05:57)
20. Prince_Abdul(M) (1106) [off] |TXT| 15|23 Apr 2018, 06:01
Google yandex mail odno vk facebook instagram telegram va hk saytlarni faqat juda kuchli hackerlar buza oladi https aytganimday oddiy hacker buza olmaydi agar siz ham unga kuchli maxfiylikni kiritib himoya qilsaz juda kuchli hacker ham buzalmaydi buni hammasi o'zingizga bog'liq :zorr:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1926
Mavzuga oid xabarlar soni: 20 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Apr 2018, 06:01
uzmasters.ru Onlayn 83 (1/82)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru