Mavzu: HTTP va HTTPS protokollari
1. Prince_Abdul (M) (1196) [off] | TXT | 43| 3 Oct 2017, 22:25
HTTP ingliz tilidagi «Hyper Text Transfer Protocol» so’zlarining bosh harflaridan olingan. Oxirida qo’shiladigan S qo’shimchasi esa «Secure» so’zining bosh harfi hisoblanadi. Aslida HTTPS – bu HTTP protokolining xavfsiz shakli bo’lib, HTTPdan farqli ravishda HTTPS protokolida barcha murojaatlar kodlangan shaklda yuboriladi.
Ma’lumki saytlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha bo’lgan aloqa birligida ishlaydi: foydalanuvchi ma’lumotlarni saytga kiritganda brauzer ma’lumotlarni serverga jo’natadi va aksincha, foydalanuvchi ma’lumotlarni serverdan so’raganda shu aloqa yo’li orqali ma’lumotlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha yuboriladi. Oddiy HTTP orqali ma’lumotlar almashinuvi sodir bo’lganda serverdan brauzergacha bo’lgan aloqa xavfli bo’lishi mumkin. Xakerlar bu aloqani buzib kirib serverdan foydalanuvchiga, yoki foydalanuvchidan serverga yuborayotgan ma’lumotlarni o’g’irlab olishi mumkin. Bunday xavfni bartaraf etish uchun HTTPS protokoli yo’lga qo’yilgan.
HTTPS serverdan brauzergacha va aksincha bo’lgan aloqlarni kodlash va qayta kodlash tarzida ishlaydi. Xavfsiz aloqaning asosini SSL yoki TLS xavfsizlik protokollari tashkil etadi. Ularning ikkalasi ham shaxsiy va ommaviy kalitlar asosida ishlaydi. Shaxsiy kalit faqat serverda saqlanadi va u maxfiy hisoblanadi. Ommaviy kalit esa hamma uchun ochiq bo’lib, erkin tarqatiladi. Server foydalanuvchiga qaysidir ma’lumotni jo’natayotgan vaqtida uni o’zidagi shaxsiy kalit yordamida kodlaydi va brauzerga uzatadi. Natijada brauzergacha kelayotgan aloqa kodlangan holatda bo’ladi va mobodo qaysidir xaker uni brauzergacha buzib, o’qishga harakat qilsa, undagi ommaviy kalit yuborilgan aloqa ma’lumoti bilan mos tushmaydi, shu tarzda qayta kodlash amalga oshirilmaydi. Bu aloqaning xavfsizligini ta’minlaydi. Sayt yuklanayotganda har bir brauzer avtomatik tarzda serverdan ommaviy kalitni qabul qilib oladi va ikki tomonlama bir xil kalit asosida serverda kodlangan ma’lumot brauzerga kelib qayta kodlanadi va foydalanuvchiga ko’rsatiladi. Foydalanuvchining ham ham o’z navbatida yuboradigan ma’lumoti brauzer ommaviy kaliti tomonidan kodlanadi va serverga yetib borganidan so’ng qayta kodlab, ma’lumot saqlanadi. Oddiy qilib aytganda server va brauzer secure protokol yordamida bir-birlariga ma’lumotni «qadoqlab» yuborishadi. O’rtadagi ma’lumot qadoqi maxsus kalitsiz ochilmasligi natijasida aloqa xavfsizligi ta’minlanadi.
HTTPS protokoli saytdan serverga va serverdan saytga maxfiy ma’lumotlar yuborishda, kredit karta va bank xisob raqami amaliyotlarini amalga oshirishda ishlatiladi. Bu protokoldan foydalanish uchun har bir sayt (server) o’zining SSL sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Bitta SSL sertifikatining shaxsiy kaliti millardlab brauzerlarga yuboriladigan ommaviy kalitlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Bitta saytning kaliti boshqa saytning yuborgan xavfsiz ma’lumotini ocha olmaydi. Agar sayt joylashgan serverda SSL yoki TLS protokoli sertifikati o’rnatilgan bo’lsa, brauzerlar bu saytning (serverning) xavsiz ekanligini turli belgilar bilan ifodalashadi. Ko’pincha brauzerlarda bu belgi sayt nomining yashil rang bilan berilishida ko’rinadi:

Agar saytingiz va serveringiz orqali hech qanday maxfiy ma’lumotlar, xakerlar xujumidan saqlanishi kerak bo’lgan muhim amaliyotlar amalga oshirilmasa, HTTPdan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin. Ammo saytingizda foydalanuvchilarning pul mablag’lari, shaxsiy axborotlari va shunga o’xshash hech kimga ko’rsatilmasligi kerak bo’lgan ma’lumotlar bilan amaliyotlar qilinsa, Siz uchun HTTPS protokolida ishlash juda zarur hisoblanadi.
Xullas, HTTPS protokolidan foydalanishning quyidagi afzalliklari bor:
foydalanuvchi ma’lumotlari, kredit karta raqamlari va boshqa maxfiy ma’lumotlar kodlangan tarzda yuboriladi va uni xakerlar buza olmaydi;
foydalanuvchilar brauzerda sertifikatning «yashil» ekanligini ko’rib saytning ishonchli ekanligini bilishadi;
foydalanuvchilar xavfsizlik sertifikatiga ega saytlar orqali harid qilishda o’zlarini xavfsiz his qilishadi;
sertifikati bor saytlarga ko’proq ishonishadi.
Raxmat aytdi (1): BAXABEK,
2. Prince_Abdul (M) (1196) [off] | TXT | 43| 3 Oct 2017, 22:26
Azamat.uz
55d5ddc4c8c7d.png

Yuklangan: 332 marta (152KB)
3. Protsessor (8) [off] | TXT | 43| 3 Oct 2017, 22:32
bilamiz
4. Akbarali (2833) [off] | TXT | 43| 14 March 2018, 21:26
Ha tushunarli lekin johncmsga https ga qanday o'tqizsa bo'ladi. Saytga qanday o'rnatiladi.
.
.
Copy qilishni internetga kirgan hamma biladi lekin olgan malumotini ishlatishni hamma ham bilavermaydi.
5. Bekmurod (55) [off] | TXT | 37| 30 March 2018, 07:03
Akbarali (14 March 2018, 21:26):
Ha tushunarli lekin johncmsga https ga qanday o'tqizsa bo'ladi. Saytga qanday o'rnatiladi.
.
.
Copy qilishni internetga kirgan hamma• • •
Sertifikat berish hosting serveridan ammalga oshiriladi(consoldan). Agar server emas hostingda bo'lsangiz hosting beruvchi sertifikat berishi kerak. Sertifikat olganizdan kegin saytiz httpda ham httpsda ham ishlayveradi shunda johnda admim panelda saytiz addresi degan joyga https orqali yozing.
6. DIYORBEK (101) [off] | TXT | 30| 9 Apr 2018, 15:34
saytni qanday http dan https ga utqasa buladi
7. DoN (339) [off] | TXT | 30| 9 Apr 2018, 15:58
DIYORBEK (9 Apr 2018, 15:34):
saytni qanday http dan https ga utqasa buladi
DIYORBEK, Bundan Qanday Foyda buladi Qanday Avzaligi bor
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1926
Mavzuga oid xabarlar soni: 20 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Apr 2018, 06:01
Mavzuni ko'rishgan: 45 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 131 (0/131)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru