INTERNET VA DASTURLASH
|
Dasturlash tillari
|
Mavzu:
Bootstrap
Mavzu fayllari
(0)
dimauz, ayni damda johncms ga bootsrap ulab bo`lmaydi. Nega degan savol tug`ilishi tabiiy. Bir necha sabablar bor: 1- har qanday web dastur(skript) 2 qismga bo`linadi: Frontend va Backend Frontend - dasturning tashqi ko`rinishi (html kod) Backend - dasturning serverda joylashgan qismi (php kodi) Standartlarga ko`ra bu ikki qism biri biri bilan aralshib ketishi kerak emas. Masalan, php kod yozilgan qismida html kodni yozib bo`lmaydi. va aksi, html qismida php kod ishlatish mumkin emas. Yuqori sifatli skript shunday yoziladi. Ko`pincha frontend uchun maxsus shablonizator freymvorklar ishlatiladi (misol smarty). Nega ? Agar skript 2 qismga ajratilsa, dasturchi va dizayner bir biriga halaqit bermay bir vaqtni o`zida bitta skriptni taxrirlayveradi. Eng qizig`i, dasturning phpkod qismiga judayam kam o`zgartirish kiritgan holda dasturni dizaynini o`zgartirish mumkin. Tashqi ko`rinishga hohlagan css freymvork o`rnatishingiz mumkin. Misol: Bootstrapdan jquery ga yoki jqeurymobiledan ratched ga. Lekin, johncms bunday stantartlarga mos kelmaydigan "havaskor skript". Unda backend va frontend aralashib ketgan. Qanday qilib deysizmi ? Johncms ning hohlagan faylini ochib ko`ring, unda "echo" funksiyasi orqali ekranga ma`lumotlar chiqariladi. Bu shablonizator yo`qligidan dalolat. Johncmsga bootstrapni o`rnatgan odam bor. Lekin u ham oldin johncms ga shablonlar sistemasini o`rnatgan. Ya`ni phpkodni html koddan ajratib olgan. Ana undan keyin bootstrapni o`rnatgan.
Yuklab olish
Onlayn 208 (0/208)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa