INTERNET VA DASTURLASH
|
Dasturlash tillari
|
Mavzu:
HTML tili haqida
Mavzu fayllari
(2)
HTML NIMA? Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bogliq ekan, ular qanday yaratiladi? degan savol tugulishi tabiiy. HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til. Web-sahifalar HTML tilida yoziladi. HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassisTim Bernars Litomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari "<" va ">" belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Demak, HTML - oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML-hujjat deskriptorlar qollanilgan HTML matnli fayl bolib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi "html" boladi, ayrim hollarda "htm" korinishida ham saqlanishi mumkin. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa korinishida chiqadi. HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. Oz navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turilibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba`zi buyruqlarini eski web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin.
Yuklab olish
Onlayn 192 (0/192)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa