Men ushbu dasturlash tiliga qiziqdim. Albatta o`rganaman. Mavzu eng kerakli. (10)
Unchalik yaxshi mavzu emas (4)
1.Arey(M)(1999)[off]
| TXT | 54| 11 Aug 2018, 12:42
Assalomu Alaykum Forumdoshlar.
Dasturlashga qiziqasizmi?
Unda eng birinchi Mobile Basicdan boshlang. Men qo'ldan kelgancha o'rgatishga harakat qilaman. To'g'ri men ham havaskorman. Lekin forumimizda hozircha bu tilda faoliyat yuritayotgan yagona shaxsman.
Bu yerda bir-birimizga savol beramiz. Bilgan javob beradi.
Umuman olganda topuz.tk uzmedia.cf va yana shunga o'xshash keraksiz mavzular yopilib turgan bir paytda biroz foydaliroq mavzu ochay dedim.
Oxirgi o'zgarish: Arey (11 Aug 2018, 12:42)
2.Ashurov(2636)[off]
| TXT | 54| 11 Aug 2018, 12:43
Demak boshlang... basic operatorlari haqida ma'lumot bering!!
3.Arey(M)(1999)[off]
| TXT | 54| 11 Aug 2018, 13:09
Birinchi navbatda bitta kichik dastur yaratamiz. Keyin bemalol operatorlarni sinab ko'ra olamiz.
Mobile Basic 1.9.1 da o'rganamiz. class="article-content">Yuklash
Sozdatga kirib quyidagi kodni kiritamiz:
10 PRINT "SALOM DUNYO!"
20 goto 20
Keyin funksiyalardan Spisokga kiramiz. U yerda kodlarni o'ziga formatlab olinganini ko'rish mumkin. Puskga kiramiz. Qarabsizki ekranda SALOM DUNYO so'zi hosil bo'ladi. Endi stop qilib menyuga qaytib Sobrat (Yig'ish)ga kiramiz. U yerga faylning saqlash joyini, nomini, tashuvchini(postavshikni) ikonkani yozish mumkin. Hozircha saqlash joyi bilan nomlanishini to'ldiramiz bo'ldi. Sobratni bosamiz. NewFile_jar va NewFile_jad ko'rinishidagi fayllar hosil bo'ladi. Fayllar sistemasidan shu faylni topib jardan oldin nuqta qo'yasiz.
Tabriklayman! Siz birinchi shaxsiy dasturingizni yaratdingiz.
Bemalol ishlatib ko'rishingiz mumkin.
4.Brigand(519)[off]
| TXT | 50| 11 Aug 2018, 14:44
Arey, Men tuzgan dastur ishlamadi. Ichiga kirsam oppoq bölib turibdi. Nima qilay? Qayerida xato qildim?
5.Arey(M)(1999)[off]
| TXT | 50| 11 Aug 2018, 14:58
Brigand (11 Aug 2018, 14:44): Arey, Men tuzgan dastur ishlamadi. Ichiga kirsam oppoq bölib turibdi. Nima qilay? Qayerida xato qildim?