uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
INTERNET VA DASTURLASH | Dasturlash tillari |
Mavzu: CSS ni örganamiz! 0 dan CSS darslari.
Mavzu fayllari (0)
Mavzu Bahh Tee tomonidan yopilgan.
1. Brigand (M) (209) [off] |TXT| 13|18 Aug 2018, 14:39
Barchaga salom forumdoshlar! Bu mavzuda 0dan CSS darslarini yozib boraman.
.
Assalomu alaykum qadrli o'quvchi. Bu kursni o'rganishdan oldin, bu haqda qisqacha tanishib olamiz, ya'ni oldinda bizni qanday mavzular, o'quv qo'llanmalari, misol va mashqlar kutib turibdi, shu haqida ozgina so'z yuritamiz. CSS – bu stillar bilan ishlay oladigan til bo'lib, veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. CSS elementlarni ekranda, qog'ozda va yoki boshqa medialarda ko'rinishini tasvirlaydi. Siz bu kursda, CSS ni boshlang'ichdan eng yuqori darajagacha o'rganib chiqasiz.
Barcha darslar yuzlab misollar orqali tushuntiriladi.

body {
background-color: #d0e4fe;
}
h1 {
color: orange;
text-align: center;
}
p {
font-family: "Times New Roman";
font-size: 20px;
}


Bundan tashqari, boshqa ko'plab misollar bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi,va kelajakda qiyinchiligi turli hil darajada bo'lgan imtixonlar ham siz o'quvchilarga berib boriladi. Va albatta sizlarning CSS dan bilim darajangizni oshirishga yordam beradi.
2. Brigand (M) (209) [off] |TXT| 12|18 Aug 2018, 14:46
CSS bilan tanishish
Avvalom bor CSS nima bu, bu qanday til o'zi, bu tilni qanday imkoniyatlari boru bu til orqali nimalarni qila olamiz? Hozir shu haqida gaplashamiz.
CSS tarixi
CSS ning to'liq shakli 1997 yil tashkil topgan bo'lib, “WWW Consorcium” ida qo'llab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brouzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qo'llab quvvatlay oladi.
CSS haqida
CSS – (Cascading Style Sheets)Kaskadli stillar majmuasidir bo'lib stillar bilan ishlay oladigan til. CSS elementlarni ekranda, qog'ozda va yoki boshqa medialarda ko'rinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning o'zida bir nechta veb sahifalarni dizaynini o'zgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil ko'rinishini ham ta'minlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qo'yishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini o'zgartirmasdan, faqat CSS faylni o'zgartirish orqali veb sahifaga yangidan ko'rinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa bo'ladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani o'z bo'yniga o'lgan.
CSS ni afzalliklari
CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni to'g'ridan to'g'ri ko'rishimiz mumkin.
3. Bahh Tee(4107) [off] |TXT| 12|18 Aug 2018, 14:53
Forum: CSS haqida
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2796
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 18 Aug 2018, 14:53
uzmasters.ru Onlayn 12 (2/10)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru