Mavzu: 0 dan sayt yaratish darslari.
1. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 05:50
1-DARS
Nimadan boshlaymiz ?
Biz avval praktika (amaliyot)da bajarib keyin esa uni tahlil qilib tushuntiramiz. Biz uchun amaliyot 1-o’rinda. Siz Kompyuterni ishlatishni bilasiz. Kompyuteringizga Windows operatsion tizimi o’rnatilgan. Demak ishga kirishdik. Bloknot (Notepad)ni ochamiz, Buning uchunStart (Пуск) => All programs(Все программы) =.> Стандартные => Notepad (блокнот) Bloknotni ushbu usulda ham ochish mumkin:Sichqoncha tugmasini o’ng tomonini kompyuter ish stoliga bosasiz => New (создать) => => Notepad (блокнот). Yoki 2-usulda esa mana bunday (rasmga qarang)Sizga birinchi usulni maslahat beramiz. Xullas Bloknot ochildi: (rasmga q.)Endi bloknotga ushbu kodlarni yozamiz:<html><head><title>Bosh sahifa</title></head><body>Salom Hammaga Bu mening birinchi sahifam</body></html>Mana bu rasmga qarang (rasm) Endi buni Web sahifa ko’rinishida saqlashimiz kerak. Buning uchun:Bloknot oynasidagi File (Файл)=> Save as (Сохранить как) ni bosamiz (rasmga q.)Fayl nomini index.html deb nomlaymiz va Save (Сохранить) ni bosib kerakli joyga saqlaymiz(rasmga q.)Endi saqlangan faylimiz ko’rinishi o’zgardi. Fayl Ko’rinishi internet fayli kabi bo’ladi. Masalan menda Opera ko’rinishida bo’ldi.Endi faylimizni ochamiz , Masalan mening Opera browserimda mana bunday ko’rindi (rasm)Eslatma ! Siz har doim internetga kirish uchun qaysidir Browserdan foydalanasiz… Eng keng tarqalgan browserlar Internet Explorer, Opera, FireFox.Endi sizga bajargan ishimizni tushintirib bersam.Tushuntirish: Biz yuqorida yozgan kodimizni tushintiramiz, Siz yozgan kod html tilida yozilgan bo’lib kodning eng sodda ko’rinishi edi.Internetdagi barcha saytlar html tilida qilinadi. HTML bu (Hyper Text Marquee Language) Gipermatnni belgilash tili. Bu til WebSaytni yaratadigan til bo’lib Saytga turli elementlar (rasm matn, jadval,) joylaydi va ularni rangi ko’rinishini belgilaydi. Xullas har qanday websayt html asosida tayyorlanadi.Bu tilda yozilgan sahifa nomiga .html fayl kengaytmasi yoziladi masalan fayl_nomi.html HTML dagi kodlar < va > belgilari oralig’ida yoziladi. Kodlarni nomini teg deb ataymizHtml teglari deganda < va > belgilari orasidagi kod tushuniladi.Html teglari avval ochiladi va yopiladi<html> ochiladigan teg</html> yopuvchi teg<html> sahifani ochish. Bu kod web sahifani eng yuqori qismida yoziladi<head> sahifani bosh qismi<title> Sahifamiz sarlavhasiBu yerda saytimiz sarlavhasi yoziladi</title> Sarlavha yopildi</head> sahifani bosh qismi yopildi<body> sahifani tana qismi ochildiBu yerda sahifani asosiy qismi (matn, rasm…) qo?’yiladi</body> sahifani tana qismi yopildi</html> sahifa butunlay yopildi. Bu kod eng pastki qismga yoziladiDiqqat ! hech qachon teglar orsada bo’sh joy (probel) qolmasin. masalan < body >- bu xato !!!<body> - bu to’g’ri. Eslatma !Etibor bergan bo’lsangiz <title> va </title> orasidagi matn sahifani sarlavhasi bo’ladi. Ushbu rasmda ko’rsatilgan joyda ko’rinadi. <title> bosh sahifa </title>Sahifamizning qolgan barcha matn, rasm, knopka va boshqa elementlari <body> va </body> teglari orasiga joylanishi kerak.Siz bloknotni web sahifa ko’rinishda saqladingiz. Endi u html fayli ( web sahifa fayliga) aylandi. Agar siz saqlagan html faylingizga biror o’zgartirish kiritmoqchi bo’lsangiz, buning uchunFaylga sichqonchani o’ng tugmasi bilan bosing va bloknot orqali oching (rasmga q.)Kerakli joyiga o’zgartirish kiritgandan so’ng File(Файл)=>Save(сохранить) ni bosing
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Salbiy (1): otash_akooo,
2. UZ KHAN (114) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 06:19
Bu HTML dasturmii
3. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 07:25
UZ KHAN (16 Sep 2017, 06:19):
Bu HTML dasturmii
UZ KHAN, xa
4. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 07:27
2-DARS
Saytimizga matn yozamiz
Hozircha bizning saytimiz matndan iborat bo’ladi. Keyingiz darslarda esa rasm va boshqa elementlar qo?’yishni o’rganamiz.Demak biz saytimizga matn va uning sarlavhasini yozamiz Hamda matnni qismlarga bo’lamiz. Ya’ni abzats (pragraf)ga bo’lamiz…Bloknotni oching:Mana bu kodni yozing:<html><head><title>Mening saytim</title></head><body><h1>Mening sarlavham</h1>Salom hammaga bu mening birinchi saytim, bu yerga turli istalgan matn yoziladi. istasangiz bu matnlarni o'zgartiring. Bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Salom hammaga bu mening birinchi saytim, bu yerga turli istalgan matn yoziladi. istasangiz bu matnlarni o'zgartiring. Bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Salom hammaga bu mening birinchi saytim, bu yerga turli istalgan matn yoziladi. istasangiz bu matnlarni o'zgartiring. Bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. <p>Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn<h2>Kichik sarlavha</h2>Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn. Bu esa yangi qatordan boshlangan matn istasangiz buni o'zgartiring bu shunchaki tekshirish uchun yozilgan matn</body></html>Bloknotni Web sahifa ko’rinishda saqlaymiz. 1-darsda aytilgandek Bloknot oynasidagi File (Файл)=> Save as (Сохранить как) ni bosamizFaylga nom qo?’yamiz va .(nuqta) html deb nomlaymiz. Masalan faylnomi.html Keyin kerakli joyga saqlash uchun Save (Сохранить) ni bosamiz. Saqlangan faylni ochamizMana saytimiz ko’rinishi: (rasmga q.)Tushuntirish: Biz yuqorida bir nechta yangi teg (kod)lar yozdik. Ularni tushuntiramiz.<h1> </h1> - oraligida yozilgan matn qalin va katta ko’rinadi. Asosan sarlavha uchun ishlatiladi.<h2> </h2> - bu ham yuqoridagidek bo’lib <h1> dan biroz kichik sarlavha ko’rsatadi.Mana bunday <H1> текст </H1><H2> текст </H2><H3> текст </H3><H4> текст </H4><H5> текст </H5><H6> текст </H6>Saytingizga kirgan odam birinchi avval uning sarlavhasiga nazar soladi. Sarlavhani asosan <h1> yoki <h2> kattaligida qilgan maqulSahifadagi <p> degan tegi (kod desak ham bo’ladi) ham mavjud<p> Bu teg (kod) matnni yangi qatordan yozish uchun qo’yiladi.
Ijobiy (2): Prince_Abdul, S_PRODUCTION,
5. KomiLov (822) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 07:49
Manbani ayting rasimlari bilan oqib olardik
6. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 09:08
Agar sizlarga ma'qul bo'lgan bo'lsa va yana urganishni xoxlasangiz keyingi darslarni ham yozaman. Agar kerak bo'lmasa yozmay quyuraman. 0 Dan sayt yaratish degan mavzu bor ekan lekin unda to'liq ma'lumotlar yuq ekan shuning uchun buni yangi o'rganuvchilar uchun alohida mavzu qilib ochdim.
7. Prince_Abdul (1196) [off] | TXT | 135| 16 Sep 2017, 09:14
Erkatoy (16 Sep 2017, 09:08):
Agar sizlarga ma'qul bo'lgan bo'lsa va yana urganishni xoxlasangiz keyingi darslarni ham yozaman. Agar kerak bo'lmasa yozmay quyuraman. 0 Dan sayt ya• • •
Erkatoy, siz yozavering yangilarga kerakli mavzular :koz:: :zorr:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1847
Mavzuga oid xabarlar soni: 190 ta
So'ngi faollik vaqti: 5 Sep 2019, 14:26
Mavzuni ko'rishgan: 265 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru