Mavzu: 0 dan sayt yaratish darslari.
36. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 38| 20 Sep 2017, 10:57
3-DARS
Saytimizga Chiroyli matn yozamizMatn yozish oson, muhimi uni chiroyli va tushunarli yozish kerak. Qanday qilib chiroyli yozamiz ?, Matndagi asosiy so’zlar-ni qalin shriftda, sarlavhani katta harflarda va o’rtda yozish kerak. Ba’zan matnni o’ng yoki chap tarafga moslab yozish zarur bo’ladi. Bazida kerakli gapni tagiga chizib yozish zarur bo’ladi. Ushbu darsda biz ana shunday chiroyli matn yozishni o’rganamizMen sizga namuna sifatida bitta matnni ko’rsataman. Bloknotni oching. (bloknotni qanday ochilishi 1-darsda aytilgan edi)Mana bularni yozing. Tayyor faylni o’zgartirish uchun uni bloknot orqali ochib o’zgartiring. Bu haqda 1-darsda batafsil aytilgan)<html><head><title>Qadimgi olimlar</title></head><body><h1 align="center">Fanga hissa qo'shgan olimlar</h1><b>Olim kim ?</b><p align="center">Olimlar atrofni, dunyoni, olamni va undagi narsalarni o'rganadi. Olimlar o'zlariga o'zlari savol beradilar va shu savollarga o'zlarining tajriba va kuzatishlari natijasida javob izlaydilar. olimlar turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar, ammo shunday olimlar ham borki ular aynan bir sohani emas , balki turli sohalarni egallay oladi, ular serqirra yoki har tomonlama ijodkordir. </p><p><b>Qadimgi yunonistonda ilm-fan</b> <u>Olimlar hayotidan lavhalar</u> Qadimgi yunonlar ilmiy bilimlarni juda qadrlashgan. bu holat ularning avlodlarini ham hayratda qoldirgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri <b>Arximed</b> bo’lgan, u jismlarning suzish qonunini kashf qilgan. Keyinchalik bu qonun uning nomi bilan <u>“Arximed qonuni” </u> deb ataldi. Pifagor (sharqda-Fisog’urs nomi bilan atalgan) o’sha davrning eng yirik matemati, boshqacha aytganda geomatr bo’lgan va o’zining teoremalarini kashf etdi, jumladan “pifagor teoremasi” yoki “Pifagor jadvali ” hozirgi kunda hammaga ma’lim bo’lsa kerak.<p><b><i>Bazi bir olimlarning ismlari</i></b>Arximed, Aristotel,Pifagor ,Platon, Suqrot <i>va boshqa yunon allomalari haqida </i><p align="right"><i>Muallif:</i> <b>V. Muslim</b> </p></body></html>Bloknotni .html fayl ko’rinishida saqlaymiz. Masalan fayl_nomi.html deymizMana bu rasmda Web sahifani ko’rinishini tomosha qiling: (rasm)Tushuntirish: Biz yuqorida bir qancha sizga nomalum teglarni ishlatdik. Keling, endi ularni nima vazifa bajarishini ko’rib chiqsak.<h1 align="center">Sarlavhani O’rtaga joylaydi </h1> bundan tashqari sarlavhani chap yoki o’ng tomonga ham joylash mumkin. Buning uchun align iborasi va = tenglik belgisi, undan so’ng " " qo’shtirnoq orasiga left yoki right yoki center iborasi yoziladi.Masalan:<h1 align="center"> Sarlavhani O’rtaga joylaydi </h1><h1 align="left"> Sarlavhani chapga joylaydi </h1><h1 align="right"> Sarlavhani O’ng tomonga joylaydi </h1>Ushbu align iborasi odatda atribut deb ataladi. Buni ko’p teglar uchun qo’llash mumkin.Bu atributni biz juda ko’p joylarda qo’llashimiz mumkin. Siz ushbu atributni yaxshilab esda saqlang. Chunki bu hali ko’p asqotadi. Demak align atributini 3xil xususiyati bor left, right, va center. align="center"align="left"align="right"Masalan:<p align="center"> Bu teglar orasidagi matn sahifa o’rtasiga joylanadi </p><p align="left"> Bu teglar orasidagi matn sahifa chap tomoniga joylanadi </p><p align="right"> Bu teglar orasidagi matn sahifa o’ng tomoniga joylanadi </p>Matnni bazi joylarini qalin harflarda yozish uchun <b> tegidan foydalandikQiyshiq yozish uchun <i> tegi ishlatiladiMatnni tagiga chizish uchun <u> tegi ishlatiladiDemak:<b>Bu qalin matn </b><i>Bu qiyshiq matn </i><u> Tagiga chizilgan matn </u>Agar biror matnni ham qalin ham qiyshaygan qilmoqchi bo’lsangiz mana bunday tartibda bajariladi:<b><i>Bu qalin va qiyshiq matn</i></b>Agar matnni qalin hamda qiyshaygan va tagiga chizilgan qilmoqchi bo’lsak mana bunday bo’ladi:<b><i><u>Bu qalin va qiyshiq va tagi chizilgan matn </u></i></b>Matnni bazi gapni yangi qatordan boshlash kerak bo’ladi. Buning uchun tegi ishlatiladi.Buning <p> tegidan farqi shuki. qator tashlamasdan yangi qatordan matnni boshlaydi<p> esa mutlaqo yangi abzasdan boshlaydi .Har qanday websaytga albatta matn yoziladi. Matn yozishda uni o’quvchi uchun tushunarli yozish zarur. Ya’ni har bir mavzuni alohida ajratib, sarlavhani kattaroq harflarda. Bazi joylarni kichikroq va hokazo usulda yozish kerak. Agar bunday qilmasangiz siz yozgan matnni o’qish zerikarli bo’ladi. Matnni kerakli joyini alohida ranglar bilan ajratib yozish ham mumkin. bu esa o’quvchini o’ziga jalb etadi…Keyingi darsimiz esa aynan shu haqda. Web sahifamizdagi matnlarni chiroyli ranglarda yozish. 
Ijobiy (1): Viruzbek,
37. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 38| 22 Sep 2017, 09:48
4-DARS
Qanday qilib matnni rangi, shrifti va hajmini o’zgartirish mumkin ?
Biz yozadigan matnning shrifti va rangi va hajmini o’zgartirish uchun <font> tegidan foydalanamiz.Matnni rang bilan bezatish uchun color degan atribut ishlatiladi. <font> tegi ichiga color="rang_nomi" degan atribut yoziladi.Keling, bitta namuna ko’rsatsam:Marhamat qilib bloknotni oching va mana bu kodlarni yozing: <html><head><title>Bosh sahifa</title></head><body><font color="red">Salom bu qizil matn</font></body></html>Bloknotni Web sahifa ko’rinishda saqlaymiz. 1-darsda aytilgandek Bloknot oynasidagi File (Файл)=> Save as (Сохранить как) ni bosamizFaylga nom qo’y?amiz va .(nuqta) html deb nomlaymiz. Masalan faylnomi.html Keyin kerakli joyga saqlash uchun Save (Сохранить как) ni bosamiz. Saqlangan faylni ochamiz.Mana u bunday ko’rinadi (rasm)Matnni qanday ranglar bilan yozish mumkin ?. istalgan rangda yozish mumkinBuning uchun color= dan so’ng rang nomini yoki kodini kiritish kifoyaHar bir rangning o’z nomi va kodi mavjud. Biz yuqorida yozgan qizil rang nomi red deb ataladi. Uning codi esa #FF0000 deb qabul qilinganIstasangiz rangni nomi bilan yozing, istasangiz kod bilan belgilangMasalan sizga qizil rangini kod bilan belgilashni ko’rsataman:<font color="#FF0000" >Salom bu qizil matn</font>Bunda ham avvalgidek qizil rangli matn ko’rinadi.Ranglar nomi va kodiO’zbakcha nominomi kodiKo’kblue#0000FFQizilred#FF0000Yashilgreen #008000Kulranggray#808080Oqwhite#FFFFFFSariqyellow#FFFF00Yaltiroqsilver#C0C0C0Qorablack#000000Akvaaqua#00FFFFTo’q yashil #00CC00Olov rang #FF6600To’q qizil #990000Binafsha #3300FFTo’q ko’k #000099Jigarrang #660000Va boshqalarSizga maslahatim ranglarni kodi bilan yozish afzal.Sizga yana bitta namuna ko’rsatamanWeb sahifangiz sarlavhasini yashil rang bilan yozamizBloknotni oching mana bu kodi yozing, keyin bloknotni fayl_nomi.html deb saqlang<html><head><title>Bosh sahifa</title></head><body><h1><font color="#00CC00"> Mening Shaxsiy Sahifam </font></h1><font color="#990000">Xush kelibsiz sahifamga </font></body></html>Endi saqlangan faylni ochingBu menda mana bunday ko’rindi (rasm)Matn hajmi kattaligiYozuvnu hajmini belgilash uchun <font> tegiga size degan buyruqni (ya’ni atributni) qo’shamizVa = belgisidan keyin kerakli sonni yozamizSizga mana tayyor namuna:<font size="1"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="2"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="3"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="4"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="5"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="6"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="7"> Matn kattaligi mana bunday </font>Matn shrifti qanday o’zgartiriladi ?Agarda siz shriftni tanlamasangiz web saytingizdagi yozuvlaringiz Times New roman shriftida yoziladi. Bu shriftni o’zgartirish uchun <font> tegi ichiga face degan atributni qo’shamiz va shrift nomini yozamizMasalan:<font face="arial"> Bu matn arial shriftida yozildi </font>Agar Verdana shriftida yozsak mana bunday<font face="Verdana"> Bu matn verdana shriftida yozildi </font>Mana bu matn esa Comic sans shriftida yozildi…<font face="Comic Sans MS"> Bu matn Comic sans shriftida yozildi </font>Biror matn yozib uning shriftini va hajmini va rangini o’zgartirsak bo’ladi. Masalan Biror matn yozib uning shriftini arial, hajmini 5 va rangini qizil qilib belgilaymiz.Mana bu quyidagicha bo’ladi:<font face="Arial" size="5" color="#CC0000"> Bu yerga matn yozamiz </font>
38. Mc_jas (64) [off] | TXT | 38| 8 Oct 2017, 17:51

hpp://Maftunkor.com
wu saytni pawti 0dan modlab köp joylarini uzgartiriw va yuklamalar kritiw kerak. Iloji boricha zagruzkani kamaytiriw kerak. Dizayn figura beriw kerak 3 ta versiyasi bor. Tak . Wu saytni aytkanimday kim taxlab beradi. Paynet yoki klik orqali tuliman pulini. . . . Karoci saytni taxlab bazamga quyadi. Iwlatib kuraman hamma joyini. Keyin pulini beraman. Aldaw yo manda. Kimni qulidan keladi. Ochkan saytilarni kuriwim kerak lekin.
39. Mc_jas (64) [off] | TXT | 38| 8 Oct 2017, 17:52

hppt://Maftunkor.com
wu saytni pawti 0dan modlab köp joylarini uzgartiriw va yuklamalar kritiw kerak. Iloji boricha zagruzkani kamaytiriw kerak. Dizayn figura beriw kerak 3 ta versiyasi bor. Tak . Wu saytni aytkanimday kim taxlab beradi. Paynet yoki klik orqali tuliman pulini. . . . Karoci saytni taxlab bazamga quyadi. Iwlatib kuraman hamma joyini. Keyin pulini beraman. Aldaw yo manda. Kimni qulidan keladi. Ochkan saytilarni kuriwim kerak lekin.
40. Ayibxon (265) [off] | TXT | 38| 12 Oct 2017, 22:52
Keo.su ni kim 0dan o'rgatadi. Aloqa shx.
41. Sanjar07 (116) [off] | TXT | 45| 13 May 2018, 07:26
N1uz.ru dа bаzаm dostm domеn obеrdi. Еndi nmа qlish kеrе
42. Ashurov (2636) [off] | TXT | 45| 13 May 2018, 07:42
Sanjar07 (13 May 2018, 07:26):
N1uz.ru dа bаzаm dostm domеn obеrdi. Еndi nmа qlish kеrе
Sanjar07, Skriptni o'rnatish kerak
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1847
Mavzuga oid xabarlar soni: 190 ta
So'ngi faollik vaqti: 5 Sep 2019, 14:26
Mavzuni ko'rishgan: 265 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 212 (0/212)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru