Mavzu: CMS nima?
1. BLACK_LION (M) (4783) [off] | TXT | 12| 1 Oct 2017, 04:34
Sayt yangilanishi muammosini, ya’ni yangilanishning avtomatlashtirishini hal qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi dasturiy ta’minot yaratish ishlarini boshlashga majbur bo‘ladi. Bu dasturiy ta’minotlar kontentni (ma’lumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS – Content Management System) deb ataldi.
oddiy HTML kodida yozilgan sahifa bilan CMS nimasi bilan farq qiladi? Avvalombor, HTML da yozilgan sayt statik holda bo‘lsa, zamonaviy saytlar dinamik ko‘rinishga ega.
Oddiy sayt qanday prinsip asosida ishlashini ko‘rib chiqamiz. Foydalanuvchi biror-bir, masalan, page.html sahifasiga murojaat qildi deylik. Veb-server o‘zidagi veb-sahifalar katalogini ko‘rib chiqadi va agar page.html bo‘lsa, foydalanuvchiga uni ko‘rsatadi, aks holda esa – 404-chi xabarni (“Fayl topilmadi”) yetkazadi.
Dinamik sayt esa biroz boshqacha ishlaydi. Foydalanuvchi biror sahifaga murojaat qiladi, biroq bu murojaat diskdagi aniq bir faylga emas, balki sayt dvijokiga (agar dvijok PHP tilida yozilgan bo‘lsa, odatda bu fayl index.php bo‘ladi) qaratilgan bo‘ladi. Dvijok foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni biror manbadan (masalan, ma’lumotlar bazasi yoki diskdagi fayldan) oladi, uni HTML-sahifaga aylantiradi va veb-serverga uzatadi, u esa o‘z navbatida, foydalanuvchi brauzeriga jo‘natadi.
Unda yana bir savol tug‘iladi: agar bitta faylnigina so‘rab, uni brauzerga uzatish mumkin bo‘lsa, buncha murakkablashtirishning o‘zi nimaga kerak? Shuning uchunki, bu saytni boshqarish qulay bo‘lsin. Aytaylik, siz 100 sahifalik (bu unchalik ko‘p emas) oddiy sayt yaratdingiz. Ertami-kech siz bu sayt dizaynini, ko‘rinishini o‘zgartirmoqchi bo‘lasiz. U holda esa siz shu 100 sahifani qo‘lda o‘zgartirib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Ustiga-ustak, siz avvaliga bu 100 sahifani kompyuteringizdagi lokal serverga yuklab olishingiz, undan so‘ng tahrirlab, kerakli o‘zgartirishlarni kiritishingiz va oxirida yana serverga yuklashingiz kerak bo‘ladi.
CMS afzalliklari
Bu tizimlarning asosiy jihati shundaki, dinamik veb-sahifalarni oson yarata olish va ularni turli xil axborot bilan to‘ldirish imkoniyatini berishdir. CMS tizimlari odatda murakkab bo‘lib, ular o‘z ichiga xabarlarni tarqatish xizmatlari (RSS), forumlar va internet-do‘konilarni oladi. Shu bilan birga, ularni o‘zgartirish ham oson.
CMS nafaqat saytdagi turli ma’lumotlarni boshqarishni avtomatlashtiradi, balki shu bilan birga, sayt tuzilishining texnik tomonlari bilan tanish bo‘lmaganlar, ya’ni yozuvchi va jurnalistlarga saytda o‘z materiallarini bevosita foydalanuvchi interfeysi orqali qo‘shish imkoniyatini beradi. Shu narsa tushunarli bo‘ldiki, endi foydalanuvchilarga saytda o‘z materiallarini ko‘rish uchun HTML ni ham, saytdagi ma’lumotlar yangilanishining texnologiyasini ham bilishi shart emas.
CMS tizimi, shuningdek, veb-sayt yaratishni turli xil mutaxassislar orasida taqsimlab chiqish imkoniyatini beradi. Shunga ko‘ra, veb-dizayner o‘z diqqatini saytning ko‘rinishiga (dizaynni mukammallashtirish va shablonlarni o‘rnatishga) qaratsa, texnik yo‘nalishda bo‘lmagan mutaxassislar uni ma’lumotlar (matn, tasvir va animatsiyalar) bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Bu ham hammasi emas. Ma’lumki, dvijok – CMS ning bir qismi xolos. U dizayn shabloni asosida sayt ma’lumotlarini chiqarib beradi. Bundan tashqari, CMS da saytdagi ma’lumotlarni boshqarish (ular sayt bo‘limlarini va kategoriyalarini yaratishga va ma’lumotlarni ular orasida bo‘lib chiqishga imkon beradi) va bu ma’lumotlarni tahrirlash vositalari ham mavjud. Shu bilan birga, foydalanuvchi sayt ma’lumotlari aynan qayerda (ma’lumotlar bazasida, diskda HTML-fayl ko‘rinishida yoki umuman tashqi serverda) saqlanayotganini bilishi shart emas.
CMS qo‘llanilishi bilan ko‘pgina qiyinchiliklar bartaraf etilishi mumkin. Yuqorida misol sifatida ko‘rilgan sayt xaritasi ham avtomatik ravishda tuziladi, buning uchun foydalanuvchidan hech qanday mehnat talab etilmaydi. Shu bilan birga, CMS saytdagi qo‘shimcha funksiyalarni, masalan, suratlar galereyasi yoki ro‘yxatdan o‘tish oynasini qo‘llash imkonini beradi – shu kabi funksiyalar CMS kengaytmalari orqali amalga oshiriladi. Faqatgina u yoki bu kengaytmani o‘rnatish kerak xolos.
JOOMLA
Joomla! Bugungi kuda eng mukammal dvijoklardan biri (agar bepullari ichida eng mukammali bo‘lmasa) bo‘lib, uning uchun shunchalik ko‘p qo‘shimcha modullar yaratilganki, ular yordamida o‘zingizning saytingizga deyarli ixtiyoriy funksionallikni berishingiz mumkin.
Ijobiy (2): Prince_Abdul, Ashurov,
Raxmat aytdi (1): Prince_Abdul,
2. BLACK_LION (M) (4783) [off] | TXT | 12| 1 Oct 2017, 04:35
Davomi...
Bu dizaynga ham tegishli bo‘lib, uni o‘zgartirish uchun ham juda ko‘p shablonlar mavjud. Biroq, bu yerda bir kamchilik ham bor: shablonlar tizimi shunday tuzilganki, sahifalarni yaratish va to‘ldirish jarayonida sayt bo‘limchalari kichik-kichik qismlar bo‘lib, ajralib qolishi mimkin. Ya’ni, bu qismlar jadvallar asosida yaratilgan. Bu esa saytingizga o‘z shaxsiy ko‘rinish berishingizda bir qator noqulayliklar tug‘diradi: yuqorida tilga olingan qismchalar kutilmagan joyda chiqib qolib, jahlingizni chiqaradi, shuningdek, ularni yo‘qotish uchun vaqtingiz ketadi. Umuman olganda, agar sizni tayyor shablonlar qoniqtirsa (ular esa juda ko‘p va xilma-xil), u holda bu tizim sizga juda mos keladi. Agar siz Joomla! ni tanlab o‘ziga xos original sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz ozgina terlashingizga to‘g‘ri keladi. Rasmiy yordam sayti: joomla.org dan olishingiz mumkin.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): Prince_Abdul,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1908
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 1 Oct 2017, 04:35
Mavzuni ko'rishgan: 12 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 101 (0/101)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru