Mavzu: CMS nima? (INTERNET VA DASTURLASH/Sayt yaratishda yordam)
BahhTeeUz (1 Oct 2017 04:34)
Sayt yangilanishi muammosini, yaâni yangilanishning avtomatlashtirishini hal qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi dasturiy taâminot yaratish ishlarini boshlashga majbur boâladi. Bu dasturiy taâminotlar kontentni (maâlumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS â Content Management System) deb ataldi.
oddiy HTML kodida yozilgan sahifa bilan CMS nimasi bilan farq qiladi? Avvalombor, HTML da yozilgan sayt statik holda boâlsa, zamonaviy saytlar dinamik koârinishga ega.
Oddiy sayt qanday prinsip asosida ishlashini koârib chiqamiz. Foydalanuvchi biror-bir, masalan, page.html sahifasiga murojaat qildi deylik. Veb-server oâzidagi veb-sahifalar katalogini koârib chiqadi va agar page.html boâlsa, foydalanuvchiga uni koârsatadi, aks holda esa â 404-chi xabarni (âFayl topilmadiâ) yetkazadi.
Dinamik sayt esa biroz boshqacha ishlaydi. Foydalanuvchi biror sahifaga murojaat qiladi, biroq bu murojaat diskdagi aniq bir faylga emas, balki sayt dvijokiga (agar dvijok PHP tilida yozilgan boâlsa, odatda bu fayl index.php boâladi) qaratilgan boâladi. Dvijok foydalanuvchiga kerakli maâlumotni biror manbadan (masalan, maâlumotlar bazasi yoki diskdagi fayldan) oladi, uni HTML-sahifaga aylantiradi va veb-serverga uzatadi, u esa oâz navbatida, foydalanuvchi brauzeriga joânatadi.
Unda yana bir savol tugâiladi: agar bitta faylnigina soârab, uni brauzerga uzatish mumkin boâlsa, buncha murakkablashtirishning oâzi nimaga kerak? Shuning uchunki, bu saytni boshqarish qulay boâlsin. Aytaylik, siz 100 sahifalik (bu unchalik koâp emas) oddiy sayt yaratdingiz. Ertami-kech siz bu sayt dizaynini, koârinishini oâzgartirmoqchi boâlasiz. U holda esa siz shu 100 sahifani qoâlda oâzgartirib chiqishingizga toâgâri keladi. Ustiga-ustak, siz avvaliga bu 100 sahifani kompyuteringizdagi lokal serverga yuklab olishingiz, undan soâng tahrirlab, kerakli oâzgartirishlarni kiritishingiz va oxirida yana serverga yuklashingiz kerak boâladi.
CMS afzalliklari
Bu tizimlarning asosiy jihati shundaki, dinamik veb-sahifalarni oson yarata olish va ularni turli xil axborot bilan toâldirish imkoniyatini berishdir. CMS tizimlari odatda murakkab boâlib, ular oâz ichiga xabarlarni tarqatish xizmatlari (RSS), forumlar va internet-doâkonilarni oladi. Shu bilan birga, ularni oâzgartirish ham oson.
CMS nafaqat saytdagi turli maâlumotlarni boshqarishni avtomatlashtiradi, balki shu bilan birga, sayt tuzilishining texnik tomonlari bilan tanish boâlmaganlar, yaâni yozuvchi va jurnalistlarga saytda oâz materiallarini bevosita foydalanuvchi interfeysi orqali qoâshish imkoniyatini beradi. Shu narsa tushunarli boâldiki, endi foydalanuvchilarga saytda oâz materiallarini koârish uchun HTML ni ham, saytdagi maâlumotlar yangilanishining texnologiyasini ham bilishi shart emas.
CMS tizimi, shuningdek, veb-sayt yaratishni turli xil mutaxassislar orasida taqsimlab chiqish imkoniyatini beradi. Shunga koâra, veb-dizayner oâz diqqatini saytning koârinishiga (dizaynni mukammallashtirish va shablonlarni oârnatishga) qaratsa, texnik yoânalishda boâlmagan mutaxassislar uni maâlumotlar (matn, tasvir va animatsiyalar) bilan toâldirishga harakat qiladi.
Bu ham hammasi emas. Maâlumki, dvijok â CMS ning bir qismi xolos. U dizayn shabloni asosida sayt maâlumotlarini chiqarib beradi. Bundan tashqari, CMS da saytdagi maâlumotlarni boshqarish (ular sayt boâlimlarini va kategoriyalarini yaratishga va maâlumotlarni ular orasida boâlib chiqishga imkon beradi) va bu maâlumotlarni tahrirlash vositalari ham mavjud. Shu bilan birga, foydalanuvchi sayt maâlumotlari aynan qayerda (maâlumotlar bazasida, diskda HTML-fayl koârinishida yoki umuman tashqi serverda) saqlanayotganini bilishi shart emas.
CMS qoâllanilishi bilan koâpgina qiyinchiliklar bartaraf etilishi mumkin. Yuqorida misol sifatida koârilgan sayt xaritasi ham avtomatik ravishda tuziladi, buning uchun foydalanuvchidan hech qanday mehnat talab etilmaydi. Shu bilan birga, CMS saytdagi qoâshimcha funksiyalarni, masalan, suratlar galereyasi yoki roâyxatdan oâtish oynasini qoâllash imkonini beradi â shu kabi funksiyalar CMS kengaytmalari orqali amalga oshiriladi. Faqatgina u yoki bu kengaytmani oârnatish kerak xolos.
JOOMLA
Joomla! Bugungi kuda eng mukammal dvijoklardan biri (agar bepullari ichida eng mukammali boâlmasa) boâlib, uning uchun shunchalik koâp qoâshimcha modullar yaratilganki, ular yordamida oâzingizning saytingizga deyarli ixtiyoriy funksionallikni berishingiz mumkin.
BahhTeeUz (1 Oct 2017 04:35)
Davomi...
Bu dizaynga ham tegishli boâlib, uni oâzgartirish uchun ham juda koâp shablonlar mavjud. Biroq, bu yerda bir kamchilik ham bor: shablonlar tizimi shunday tuzilganki, sahifalarni yaratish va toâldirish jarayonida sayt boâlimchalari kichik-kichik qismlar boâlib, ajralib qolishi mimkin. Yaâni, bu qismlar jadvallar asosida yaratilgan. Bu esa saytingizga oâz shaxsiy koârinish berishingizda bir qator noqulayliklar tugâdiradi: yuqorida tilga olingan qismchalar kutilmagan joyda chiqib qolib, jahlingizni chiqaradi, shuningdek, ularni yoâqotish uchun vaqtingiz ketadi. Umuman olganda, agar sizni tayyor shablonlar qoniqtirsa (ular esa juda koâp va xilma-xil), u holda bu tizim sizga juda mos keladi. Agar siz Joomla! ni tanlab oâziga xos original sayt yaratmoqchi boâlsangiz ozgina terlashingizga toâgâri keladi. Rasmiy yordam sayti: joomla.org dan olishingiz mumkin.
Manba: https://uzmasters.ru/forum/6/57/1908/