Mavzu: Wi-Fi tushunchasi haqida umumiy ma'lumot
1. Xusniddin (M) (127) [off] | TXT | 30| 6 Nov 2016, 23:36
Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo‘ldi va bo‘lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto‘g‘ri tushunishi yoki noto‘g‘ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo‘lsa ham maqolani erinmay o‘qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Maqolada, Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib yozaman, chuqurroq keyingi maqolalarda berib boraman.
Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo‘la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya’ni simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.
WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o‘rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib,IEE802.11standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to‘g‘ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo‘lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo‘lishi kerak, bu tashuvchichastotadeb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo‘lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o‘rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bular o‘rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo‘ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalr ham ishlaydi(bluetooth), demak bir biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchunTP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… . Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo‘ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo‘ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo‘lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo‘natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo‘lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo‘lgandan so‘ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o‘yinlar ham o‘ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo‘lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.
Ko‘p kafe, restoran, katta binolar, do‘konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko‘rishingiz mumkin.
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo‘lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo‘lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulanaolmaydi(agar parolni bilmasangiz).
Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘tishga harakat qilaman.
Ijobiy (1): Fanat_FCB,
Raxmat aytdi (1): Fanat_FCB,
2. Xusniddin (M) (127) [off] | TXT | 30| 6 Nov 2016, 23:37
Kerakli mavzu ochgan bo'lsam + va Raxmat ni bosvoringlar
3. Gyote (2) [off] | TXT | 30| 1 Dec 2017, 17:32
Android bilan android ni wifi ulasa bo"ladi,
menda ikkita tel bittasini sotmoqchiman, o'rniga
faqat shu ishi bajaradigan uskuna k-k, qanchaga
olsa bo'ladi.
4. Masteg (245) [off] | TXT | 30| 1 Dec 2017, 19:20
Shu wifi qurulma qancha. Tariflar haqida ham gapiring.
5. Fanat_FCB (320) [off] | TXT | 30| 2 Dec 2017, 19:44
menda juda kup savollar bor barchasiga javob olsam sizdan juda minnatdor bular edim
6. Fanat_FCB (320) [off] | TXT | 30| 2 Dec 2017, 19:48
menda Huawei BM635 wifi router bor shu wifi routerdan netga kirishim uchun sim karta tiqib pul tashlashim kerakmi? yoki u simkartasiz enternetni ulab beradimi. umuman barcha wifi routerlar nimani hisobiga ishlaydi yoki uzini sxemasida maxsus nemeri bormi bilmaganga qiyin ekan bu oddiy savolimdan tajjublanmang
7. Fanat_FCB (320) [off] | TXT | 30| 2 Dec 2017, 19:52
keyin men bu wifi routerni topib olganman hozir u parollangan menda faqat router va tokkga ulagich kabeli bor
qiddat savol uzi yangi wifi router olganda nimalar qushib beriladi. mening routerimda disk hokozo shunga uxshash nimalari yuq
va parolini qanday ochsam buladi.
you tobedan vediolar foyda bermadi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 301
Mavzuga oid xabarlar soni: 43 ta
So'ngi faollik vaqti: 7 Jan 2019, 20:17
Mavzuni ko'rishgan: 57 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru