1. Sog’lom odam o’pkasidagi havo aylanmasi (nafas olish va chiqarishlar) bir daqiqada 5-9 litrni tashkil etadi.

2. Agar inson tanasidagi eritrotsitlarni yonma-yon terib chiqilsa, Yer sharini ekvator bo’ylab uch marta o’rab chiqishga yetadi.

3. Inson tanasidagi kapillyar qon tomirlar soni 100-160 milliardni tashkil etadi. Agar ularni bir-biriga ulab chiqsak, uning uzunligi 60-80 ming kilometrga yetadi. Bu Yer ekvatoridan ikki marta uzun deganidir.

4. Insonning yirik arteriya tomirlari 20 atmosfera bosimini ko’tara oladi.

5. Qadimgi Gretsiyada odamlar o’rtacha 29 yil yashaganlar. XVI asrda Yevropada o’rtacha yashash yoshi 21, XVII asrda 26, XVIII asrda 34, XX asr boshlarida 50, XX asr o’rtalarida 70, oxirlarida esa 60 yoshni tashkil etgan.

6. Tishni emalining qattiqlik darajasini kvarts bilan tenglashtirishadi. Chunki eng o’tkir qilich ham tish emalini kesolmay, o’tmaslashib qoladi.

7. Inson miyasidagi ba’zi hujayralar qayta tiklanmaydi. Ammo ular bajaradigan vazifalarni boshqa hujayralar o’z zimmasiga oladi.

8. Oshqozonning 1 kvadrat santimetr yuzasida yuzdan oshiq bezlar mavjud. Ular juda qalin joylashgan.

9. Inson butun umri davomida 2,5 tonna oqsil, 1,3 tonna yog’, 17,5 tonna uglevod va 75 tonna suv iste’mol qiladi.

10. Inson tanasida taxminan 3 kilogramm mineral tuzlar mavjud bo’lib, ularning oltidan besh qismi skeletda yig’ilgan. Yetuk odam tanasidagi osh tuzi miqdori taxminan 300 grammni tashkil etadi.

11. 15 gramm adrenalin Yer sharidagi barcha odamlarga yetib ortadi.

12. Inson tanasi 44-45,5 darajagacha isitmani ko’tarishi mumkin.

13. Bir inson tanasidan bir kunda chiqadigan issiqlik 33 litr muzni eritib, qaynatishga yetadi.

14. O’rtacha 60 yil yashagan inson umrining 20 foizi uyquda o’tadi.

15. Terining 1 kvadrat santimetr qismida yuzdan ortiq og’riq sezuvchi nuqtalar bo’ladi. Butun tana bo’ylab joylashgan bunday nuqtalar soni milliontadan oshiq.

16. Agar inson tanasidagi eritrotsitlarni minutiga yuz dona tezlikda sanasak, ularning barchasini sanab chiqish uchun 450 yil ketadi.

17. Suyaklardagi nervlar bir kunda 320 milliard eritrotsit ishlab chiqaradi.

18. Leykotsitlar 4-5 yil yashaydi, xolos.