Spam/Reklama
Spam bu - pul ishlash yoki biror foyda uchun ma'lum bir joyni yoki manzilni ikkinchi tomon istamagn holatda ham unga yuborish yoki taqdim etish.
Masalan, shaxsiy xabar, chat, forum yoki shunga o'xshash joyda "siz, mana bu mavzuga qarab yuboring..". Yoki shunga o'xshash xabarlar majmuasi.
Reklama bu - Biror joyni reklama qilish ya'ni sayt ma'muriyatiga ma'lum bo'lmagan yoki sayt foydalanuvchilari faolligiga ta'sir etuvchi boshqa sayt nomini yoki manzilini yuborish tarqatish.
Masalan, "sizni, eng quvnoq, zukko, faol bo'lgan master potalimizga taklif etaman, bizning manzil ..." kabi xabarlar ketma-ketligi.
Firibgarlik
Ma'lum bir mablag' evaziga o'zgalarni aldash yoki o'zganing mulkini o'zlashtirish. Bu holat uchun qonun oldi hamda diniy tarafdan jazo olish muqarrardir.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi:
Firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suistemol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritish — eng kam oylik ish haqqining yuz barobarigacha bo'lgan jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Firibgarlik:
a) Ko'p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
v) bir guruh shaxs tomonidan oldindan til biriktirib;
g) kompyuter texnika vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, — eng kam oylik ish haqqining yuz barobaridan uch yuz barobari miqdorigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash yohud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
So'kinish/Fleym
O'zga shaxsga nisbatan bo'lgan muloqotda unga aytilgan (yozilgan) haqoratli so'zlar, uning ma'naviyatiga ta'sir etuvchi so'zlar, gaplar.
Flud
Bir ma'noga ega yoki bir xil xabarlar ketma-ketligi. Bitta xabarni ikki marta yuborish ham bu bo'limga ta'luqlidir.
uzmasters.ru Onlayn 220 (0/220)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru