Demak, avval denwer o`zi nima uchun kerakligi haqida qisqacha gapirib o`tsam. Oddiy qilib aytsak, bu dastur kompyuteringizda "shaxsiy" xosting yaratish imkonini beradi. Uning yordamida PHP skriptlarni bemalol kompyuteringizda ishga tushirib sinovdan o`tkazishingiz mumkin. Masalan, aytaylik Siz biror bir php skriptni o`zbek tiliga o`girmoqchisiz, online (internet)da bu ishni qilish uchun ancha vaqt va trafik ketadi. Kompyuter (offline)da esa oson va tez bo`ladi. Demak, ko`p gapirmasdan ishni boshlaymiz! Qiladigan vazifalarimiz: -Denwer dasturini komga yuklab olish; -Dasturni o`rnatish -PHP skriptni kompyuterda ishga tushirish;
Denwer dasturini komga yuklab olish Avvalo denwer.ru ga kirib degan ssilkani bosamiz, ochilgan sahifadagi formaga ism familiyamizni, e-mail manzilimizni kiritamiz va tugmasini bosamiz. Bir ozdan so`ng pochtamizga Denwerni yuklab olish uchun ssilka keladi, komyuterimizga yuklab olamiz. Birinchi vazifa bajarildi! Tabriklayman :-) Dasturni o`rnatish Yuklab olingan dastur ustiga 2 marta sichqonchaning chap tugmasi bilan (tez) bosamiz va quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiramiz: chiqqan oynada ni bosamiz. fayllar arxivdan chiqariladi, bunda siz ishtirok etmaysiz. 3-rasmda "Enter" tugmasini bosamiz. 4-rasmda yana "Enter" tugmasini bosing 5-rasmda klaviaturadagi "y" harfini bosamiz va keyin "Enter" ni bosamiz 6-rasmda yana "Enter" bosiladi 7-rasmda ham yana "enter" Ozgina kutamiz.... 8-rasmda 1 ni bosamiz va enter Denwer o`rnatilishi tugatilganda brauzer (Internet Explorer yoki Opera yoki Mozilla) ochilib, DENWER USPESHNO USTANOVLEN degan yozuv chiqadi. Tamom! Denwer o`rnatildi! RABOCHI STOLDA 3ta yorliq (YARLIK) paydo bo`ladi (Start Denwer, Restart Denwer va Stop Denwer): Start Denwer -Denwerni ishga tushiradi Restart Denwer-Denwerni qayta ishga tushiradi. Bu ba`zida yangi xost qo`shganimizda kerak bo`ladi, bu haqida keyinroq batafsil gaplashamiz Stop Denwer-nomidan ko`rinib turibdiki, Denwer ishini to`xtatadi. Skriptlarimiz bilan ishlab bo`lganimizdan keyin, uxlash payti kelganda albatta denwerni ishini tugatish kerak! :-) Demak, Denwerni o`rnatib ham oldik! Tabriklayman ;-) Endi eng asosiy vazifamiz: kompyuterimizga yuklab olgan skriptimizni ishga tushirish qoldi. Bu ham 2x2 day oson! PHP skriptni kompyuterda ishga tushirish Denwerni ishga tushirmasdan avval MOY KAMPYUTER ga kiramiz, LOKALNIY DISK (Z) ga kiramiz, home papkasiga kiramiz va bitta papka yaratamiz, masalan sayt papkasi. Keyin o`sha papkaga kirib www degan papka yaratamiz. www papkasining ichiga php skriptimizni tashlaymiz va denwerni ishga tushiramiz (RABOCHI STOL dagi Start Denwer yorlig`i orqali). Endi Opera yoki Internet Explorer yoki Mozilla (kompyuteringizda qanaqa brauzer o`rnatilgan bo`lsa o`shanga) kiramiz va manzil yozadigan joyga localhost deb yozib Enterni bosamiz. Agar URA, ZARABOTILA! .... chiqsa, demak denwer ishlayapti! Endi manzil yoziladigan joyga sayt yoki

http://sayt
deb yozib Enterni bosamiz. Skriptimiz ishlaydi! Tabriklayman! Agar kompyuteringizda birorta ham php skriptingiz bo`lmasa, denwer ishlaganini bilishning yana bir yo`li bor: Notepad++ dasturiga kirasiz (agar ushbu dastur kompyuteringizda bo`lmasa o`rnatishni maslahat beraman), yangi php fayl yaratasiz vadeb yozasiz va uni index.php deb sayt papkasidagi www papkasiga soxranit qilasiz. Operaga kirib sayt deb yozasiz va enterni bosasiz, Salom xo`jayin! yozuvi chiqsa demak server ishlayapti! Xullas, mana Denwerni ham o`rganib oldik, agar maqolada biror kamchilik bo`lsa uzr so`rayman, yana biror nima esimga tushsa yozib qo`yaman =)
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Aug 2018, 16:19
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 186 (0/186)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru