Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Domen sotib olish haqida gaplashamiz.
Internetda sayt yaratishni xohlovchi foydalanuvchilar uchun kerakli va foydali domenga ega bo'lish juda muhim. Domenga ega bo'lish (sotib olish) jarayonini tushuntirib berishdan oldin "domen" nimaligiga biroz to'xtalib o'tamiz.
Domen- bu saytlarni internetdagi o'ziga xos nomlash tizimi bo'lib, bu orqali har xil nomdagi saytlar bir biridan ajralib turadi. Aslida internetdagi har bir saytning manzili nuqtalar bilan ajratilgan raqamlardan iborat. Bu raqamlar oddiy foydalanuvchilar uchun chalkash va eslashga qiyin bo'lgani uchun internetda raqamlar o'rniga oddiy so'zlardan foydalanish tizimi ishlab chiqilgan. Mana shu raqamlar o'rniga so'zlarni ishlatish domen nomlanishi deb aytiladi. Sodda qilib tushuntiradigan bo'lsam, bu tizim mobil telefoningizdagi aloqalar ro'yxatiga o'xshaydi, har bir raqam kimga tegishli ekanligi uning nomi bilan yozib qo'yiladi.
Internetda domen nomlari nuqtalar bilan ajratiladi. Har bir nuqta domen nomining darajasini bildiradi. Domen nomining darajasi o'ngdan chapga qarab hisoblanadi. Masalan, uzmob.wen.rudomenidagi.rudomeni birinchi darajali domen,.wendomeni esa ikkinchi darajali domen hisoblanadi. uzmob.wen.rudomenidagi.uzmobdomen nomi esa uchinchi darajali domen hisoblanadi.
Birinchi darajali domen nomlari ikkita katta guruhga bo'linadi. Birinchisi, bu xalqaro domen nomlari bo'lib, bularga.com, .org, .info, .bizva shunga o'xshash domen nomlari kiradi. Ikkinchisi esa, bu har bir davlatga uning nomidan kelib chiqqan holda ajratilgan domen nomlaridir. Masalan, O'zbekistonda birinchi darajali domen.uzdomeni, Rossiyada.rudomeni, Ukrainada.uadomeni va hakozolar.
Birinchi darajali domenlar, ya'ni.com, .ru, .uz, .orgdomenlari maxsus tashkilotlar tomonidan boshqariladi va oddiy foydalanuvchi sayt yaratishda uning sayti qaysi birinchi darajali domenda joylashishini hal qilishi kerak.
Xo'sh, sayt yaratishda sizning saytingiz qaysi darajali domenda va qanday nomda bo'lishi muhimmi? Albatta, muhim. Odatda sayt yaratishda uning nomi ikkinchi darajali domendagi nom bilan belgilanadi, ya'ni siz ikkinchi darajali domen nomini o'zingiz tanlay olasiz. Biz saytimizga domen sotib olayotganda dastlab uning.uzdomenida bo'lishi kerakligiga qaror qildik va keyin o'z saytimizgacctld.uzsaytidan nom tanlab oldik. Bizning tanlovimizOqayiq.Uzdomen nomi bo'ldi.
Internetda uchinchi darajali domenda sayt yaratishni taklif qiluvchi internet xizmatlar ham mavjud. Misol uchun, siz wen.ruyoki wml.susaytlariga kirib o'zingizga uchinchi darajali domen nomiga ega sayt yaratishinigiz mumkin. Ko'rib turganingizdek, bu yerda siz faqat uchinchi darajali domen nomini tanlay olasiz. Bunday holatda bizning saytimiz Oqayiq.Wen.Rudegan nomga ega bo'lardi (Avvallari ushbu domenda ham faoliyat yuritganmiz).
Oqayiq.Uzyoki Oqayiq.Wen.Rusayt nomlaridan qay biri eslashga qulay va e'tiborni tortadi? Albatta,Oqayiq.Uzsaytining nomlanishidir. Ikkinchi darajali domendagi saytga ega bo'lish o'ziga xos ishonch va nufuzni ham bildiradi.
Agar ikkinchi darajali domenda sayt yaratishni xohlasangiz, bu domenni o'z nomingizga ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Domenni o'z nomingizga ro'yxatdan o'tkazish yillik badal to'lash bilan amalga oshiriladi.
O'zbekistonda domen nomini ro'yxatdan o'tkazuvchi bir nechta firmalar mavjud. Bular orasidaarsenal-d.uz, billur.net, tomas.uzva boshqa registratorlarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin.
Domenni jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o'z nomiga ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Jismoniy shaxslarning domenni o'z nomiga ro'yxatgan o'tkazishi quyidagi tartibda amalga oshadi (faqat .uz domeni uchun).
Saytingiz qanday nomda bo'lishi kerakligini obdon o'ylaysiz, har xil variantlarni tanlaysiz. Bu sizning saytni kimlar uchun va nima maqsadda yaratayotganliginingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lishi kerak.
cctld.uz saytiga kirib, tanlagan nomdagi domen hali bo'sh ekanligini tekshirasiz.
.Uzdomenini ro'yxatga oluvchi firmaga borib, tanlagan domeningizni o'z nomingizga ro'yxatdan o'tkazasiz (Pasport va biroz pul esdan chiqmasin).
Biz hozirgi kungacha oltita domenni o'z nomimizga ro'yxatdan o'tkazganmiz.Oqayiq.UzdomeniArsenal-Dfirmasidan, Oqayiq.Rudomenini RossiyaningREGRU-REG-RIPNkompaniyasidan, Oqayiq.Mobi, Oqayiq.Biz, Oqayiq.Netdomenlarini halqaroDirecti Internet Solutions Pvt. Ltd.kompaniyasidan, Oqayiq.Indomenini esa halqaroDirecti Web Services Pvt. Ltd.kompaniyasidan ro'yxatdan o'tkazganmiz.
Sayt yaratishdagi ishlaringizga omad tilaymiz! Saytni kuzatib boring. Keyingi maqola – xosting tanlash haqida.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Aug 2018, 21:13
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 2 ta
Ko'rilgan: 19 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 201 (0/201)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru