Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Bitcoin afzallik va kamchiliklari
Bitcoin va uning tarixi haqida yuqorida tushuncha oldingiz, endi uni afzallik va kamchiliklari haqida gaplashamiz. Yana shuni aytib o’tish joizki, hozirgi vaqtda bitcoin valyutasi kursi juda baland ekani tufayli, xisob-kitoblar bitkoinning kichik bir ulushida olib boriladi, oldi berdilarda ko’pincha “satoshi” ishlatiladi, uning qiymati esa 0.00000001 Bitcoinga teng.

Kriptovalyutaning afzallik/kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz.

1. Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa yetishtirish toxtatiladi. Buni oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va har zamon kursini o’zgaritirib turaveradi.

2. To’liq maxfiylik. Bitcoin-hamyonni raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.

3. Ta’minlanmagan. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va boshqa sabablarga ko’ra bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi hech gap emas.

4. Rasmiy ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’illanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonunlashtirishsa, bitkoin real valyutani o’rnini egallashi ham mumkin.

5. Uncha mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassassalar, Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxurlashishi chegaralangani boyis Bitkoin to’liq ishlatilmayapti.
Biriktirilgan fayllar
9201545762395.png
O'lchami: 55.79KB
Formati: .png
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 Dec 2018, 23:25
Muallif: @Hosting (14)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 140 (0/140)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru