Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ozg'inlik kasallikmi?
Qotmalik aslida kasallik emas.
Bu irsiyatga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Ba'zi kishilarning suyagi ingichka bo'ladi, to'lishmaydi. Ammo shu bilan birga holsizlanib, sillangiz quriyotgan bo'lsa, bu boshqa gap. Vazn kamayishining ikkita sababi bo'lishi mumkin.

Balki siz avval qandaydir parhez tutgandirsiz. Bilib-bilmay ba'zi mahsulotlarni cheklash, haddan ortiq parhezkorlik ham oshqozonosti bezi, o't pufagi faoliyatini buzadi. Oshqozon torayib, ovqat hazm qilish uchun kislota ishlab chiqarmay qo'yadi. Buning oqibatida anoreksiya kasalligi kelib chiqadi. Aksariyat hollarda, bu kasallik model qizlarda, balerina hamda shou-biznes vakillarida uchraydi. Chunki ular ko'p parhez tutishadi, etarli darajada ovqatlanishmaydi.

Agar siz ilgari parhez tutmagan bo'lsangiz, u holda gastroenterolog hamda dietolog shifokorlar ko'rigidan o'tishingiz kerak va ular maslahatiga ko'ra ish tuting. Biroq bu tomondan ham sizda muammo bo'lmasa, u holda endokrinolog shifokorga murojaat qilishni tavsiya etaman. Ba'zi bemorlarda qalqonsimon bez gormonni me'yoridan ko'p ishlab chiqaradi. Buning natijasida tanadagi assimilyatsiya-dissimilyatsiya jarayoni buziladi. Me'yoridan ortiq gormon oshqozonga tushgan ovqatni «yondirib» yuboradi, moddalar almashinuvi tezlashib, kishining egan ovqati o'ziga yuqmaydi. Bu holda odam ovqat esa-emasa, semirmaydi. Shuning uchun maxsus muolajalar yordamida qalqonsimon bezni davolash tavsiya etiladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 Dec 2018, 23:49
Muallif: @Hosting (14)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 150 (0/150)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru