Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Inson o`rtacha necha yil yashashi mumkin?
Inson o`rtacha necha yil yashashi mumkin, degan savol hammani qiziqtirsa kerak. Olimlar ko`p yillik kuzatuvlar natijasida shunday xulosaga keldilar: inson taxminan 150 yilgacha yashashi mumkin, deb yozadi "Zarnews" nashri.
Agar biz turli hayvonlarning qancha yashashini tekshirsak, ular orasidagi o`ziga xos tafovutni ko`ramiz. Erkinlikda yashaydigan hasharot, qurt-qumursqalar bir necha soat yashaydi, xolos. Fil 150-200 yil, ot 40 yil, burgut, oqqush, to`ti 100 yilgacha, toshbaqa, timsoh 300 yilgacha yashar ekan. Hayvonlar singari o`simliklarning ham yashash muddati turlicha. Masalan, tok 100 yil, dub daraxti 1000 yil, Afrikada o`sadigan baobab, Avstraliyada o`sadigan ekvalipt daraxtlari 5-6 ming yilcha yashashi aniqlangan.
Hayvonlar umri ularning o`sish davriga qaraganda 5-8 marta ortiq bo`ladi. Masalan, it 2 yil mobaynida o`sadi, 10-15 yil yashaydi. Ot 5 yil o`sadi, umri 30-40 yilga etadi. Odam esa 25 yoshgacha o`sadi. Demak, inson normal sharoitda 150 yilgacha yashashi mumkin. Shuning uchun ham ko`pchilik olimlar kishilarning 100 yilga etmasdan vafot etishini kasallik natijasida kelib chiqqan o`lim deb hisoblashadi.
Lekin dunyoda uzoq umr ko`rganlar ham anchagina. Aytishlaricha, marokashlik Said Ali 195 yoshida ham o`zi mehnat qilib, kun ko`rgan. Hatto unda ko`zoynak taqishga extiyoj bo`lmagan.
Vengriyalik Djon 172 yoshga, xotini Sera Rovel 164 yoshga kirib, 1925 yilda dunyodan o`tishgan. Ular vafot etgan vaqtda ularning o`g`li 116 yoshda edi. Ozarbayjonning eng keksalaridan Sherali Muslimov 168 yil yashagan.
Kishining umri turli davrlarda har xil bo`lgan. Masalan, ibtidoiy davrda odamlar 18 yil, bronza davrda 21,5, antik davrda 25, XIX asrda 35,6 va XX asr boshlarida 45 yil o`rtacha umr ko`rgan. Hozir o`rtacha umr bizda 74 yosh deyilmoqda.
Xursandchilik, inson ruhining tetikligi, xushchaqchaqlik sog`liqni saqlashga, uzoq umr ko`rishga omildir.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 2 Aug 2018, 12:30
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 201 (0/201)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru