Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Windows .o.t. tezligini oshirish
Ushbu maqola yangicha ko‘rinishda va qayta tahrirlangan holda chop etilmoqda. Yangicha ko‘rinishdagi maqolada, avvalgi maqolada yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va kamchiliklar bartaraf etildi. Marhamat, maqola bilan tanishing, umid qilamanki, ushbu maqolada siz kompyuteringiz uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlarga oz bo‘lsada ega bo‘lasiz.
Kompyuterdan foydanilgan sari, unda keraksiz, ortiqcha, vaqtinchalik fayllar, brauzer keshlari, resterdagi xatoliklar va yana shunga o‘xshash turli narsalar hamda xatoliklar ko‘payib boraveradi, bu esa kompyuter operatsion tizimining ishlash tezligini kamaytirishi mumkin. Bunday hollarda «Auslogics BootsSpeed» yoki shunga o‘xshash dasturlardan foydalanish kifoya. Nafaqat ortiqcha fayllardan qutilish uchun, kompyuterni xavfsizligi va tezkor ishlashini ta’minlash, brauzer interfeysini o‘zgartirish, dasturlarni to‘liq o‘chirish, internet tarmog‘ining sifatini yaxshilash, optimizatsiya qilish, sistema haqida barcha ma’lumotlarni olish, disklarni tozalash hamda ularni defragmentatsiya qilish uchun ham bunday dastur zarur bo‘ladi.
Agar siz «Auslogics BootsSpeed» dasturidan yoki shunga o‘xshash boshqa dasturlardan ko‘plab muddatlardan berib foydalanamayotgan bo‘lsangiz, unda sizda kompyuterdagi ortiqcha fayllar, muammolar va h.k lar talaygina yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda «Auslogics BootsSpeed» dasturiga o‘xshash dasturlarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular bir-biridan ba’zi imkoniyatlari va interfeysi bilan farqlanib turadi. Shunday bo‘lsada, bunday dasturlarning ko‘plarida disklarni ortiqcha fayllardan tozalash hamda ularni defragmentatsiya qilish va operatsion tizimni optimallashtirish kabi imkoniyatlari mavjud.
1. Avvalo kompyuter operatsion tizimini keraksiz fayllardan tozalab olish hamda tizimdagi va kompyuter tezligidagi muamolarni aniqlab, ularni to‘g‘irlash uchun, dasturning bosh sahifasidagi «PROVYeRIT VSYo» deb nomlangan yashil tugmaga murojaat qilamiz. Shundan so‘ng dastur kompyuterdagi muammolar aniqlashga tushadi. Tekshiruv yakunlanganidan so‘ng «ISPRAVIT VSYo» tugmasini bosamiz.
2. Dasturning «Uskorenie» bo‘limida joylashgan barcha funksiyalarni yoqamiz, ya’ni «ON» holatiga keltiramiz. Ular ishlab turgan dasturlarni optimallashtirish, disklarni kerakli vaqtda defragmentatsiya qilish kabi ko‘plab vazifalarni avtomatik tarzda bajaradi.
3. Uchinchi bosqichda disklarni defragmentatsiya qilishga o‘tamiz. Ya’ni «Disk Defrag» funksiyasini ishga tushiramiz. «Disk Defrag» mashhur utilitilardan biri hisoblanib, fayllar tizimini optimizatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Shu o‘rinda defragmentatsiya nima ekanligiga qisqacha to‘xtatib o‘tmoqchiman.
Defragmentatsiya — nazariy jihatdan fayllarni saqlash maqsadida diskni tuzilishini yangilash va optimallashtirish jarayoni. Defragmentatsiyadan so‘ng fayllarni o‘qish va yozish jarayoni tezlashadi.
4. To‘rtinchi bosqichda resterdagi muammolarni to‘girlashga va tizim barqarorligini oshirishga o‘tamiz. «Registry Cleaner» sahifasiga o‘tib, uni ishga tushiramiz.
5. Beshinchi bosqichda «Registry Cleaner»ni ishga tushiramiz. «Registry Cleaner» resterda yuzaga kelgan xatoliklar to‘girlaydi va kompyuter operatsion tizimini barqarorlgini oshiradi.
6. Oltinchi bosqichda resterni defragmentatsiya qilishga o‘tamiz, resterni defragmentatsiya qilish orqali uning tezligini yanada oshiramiz.»Registry Cleaner» bo‘limiga o‘tib, uni ishga tushiramiz.
Agarda ishning so‘ngida sizdan kompyuterni qayta yuklash so‘ralsa, bunga «Ha» deb javob bering. Shundan so‘ng sizning resteringiz defragmentatsiya qilinishni boshlaydi. Har doim ham kompyuterni qayta yuklashga to‘gri kelavermaydi, faqatgina ba’zi hollarda shunday xabarga duch kelishingiz mumkin. 7. Yottinchi bosqichda internet-ulanishni optimal holatga keltiramiz. «Internet Optimizer» ni ishga tushirib, kerakli bo‘lgan ulanish turini tanlab, uni optimallashtiramiz (avtomatik optimallashtirish). Jarayon yakunlangandan so‘ng optimallashgan sozlanmalar kompyuter operatsion tizimi qayta yuklanganidan so‘ng kuchga kiradi.
8. Sakkizinchi bosqichda kompyuter operatsion tizimi bilan birga ishga tushadigan dasturlar ro‘yhatini «Startup Manager» orqali bilib olamiz, ularni ichida keraksiz bo‘lgan dasturlardan avtoyuklanish belgisini olib qo‘yamiz. Albatta, bu ham kompyuterni tez yuklanishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Maqola so‘ngida quyidagilarni ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilaman, kompyuterni turli xil zararli dasturlardan ozod qilmay turib, uni tezkor ishlashiga erisha olmasligingiz mumkin. Kompyuteringiz zararli dasturlardan holi bo‘lishi ham uni tezkor va xavfsiz ishlashiga xizmat qiladi. Buning uchun esa zamonaviy bo‘lgan va kompleks himoyani ta’minlovchi antivirus dasturlaridan foydalanish zarur.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 2 Aug 2018, 13:08
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 8 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 221 (0/221)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru