Bloglar | Texnologik xabarlar | Bepul domen saytingiz.for.uz
Endi saytingiz uchun ISMINGIZ.FOR.UZ ko’rinishidagi uchinchi darajali domenga BEPUL (!!!) ega bo’lishingiz mumkin. Bu qulaylikni O’zbekistonda ilk bor Uzinfocom kompaniyasi taqdim etmoqda.

Bepul domen, saytda e’lon qilinishacha, 100% bepul va abadiy Sizniki bo’ladi. Bu domenga ega bo’lish uchun ID.uz tizimida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz va albatta PassportID maqomiga ega bo’lishingiz shart.

Hozirgi kunda O’zbekiston registratorlari tomonidan .UZ domen zonasiga ro’yxatdan o’tkazish narxi bir yil uchun 26 000 so’mni tashkil qiladi. Ismingiz.for.uz domeni esa ham bepul, ham juda chiroyli.

Sayt tayyorlashni xohlovchilar, o’z saytiga qo’shimcha domen nomi olishni ihtiyor etganlar FOR.UZ xizmatidan foydalanishga shoshilishlari kerak. Chunki FOR.UZ tizimida bir ism faqat bir marta ro’yxatdan o’tkaziladi. Ismingiz band bo’lmasidan uni shaxsilashtirishga shoshiling! Men ham azamat.for.uz domenini band qilishni xohlayapman.

Menga bu domen nomi ma’nosi bilan ham juda yoqdi. Sizda ham vatanparvarlik hissi kuchli bo’lsa, demak bu domen nomi uchun ro’yxatdan o’tishingizga undovchi yana bitta sabab bor!

Ro’yxatdan o’tish bilan bog’liq qo’shimcha ma’lumotlarni

http://for.uz/uz/
saytidan olishingiz mumkin.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 14 Jan 2019, 22:14
Muallif: @A_N_T_I_C_L_O_N (17)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 25 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 168 (0/168)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru