Bloglar | Aforizmlar | Odob axloq
Cho`lda o`rmalab yurgan jonivorlar ham tug`ilshidanoq o`z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o`z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o`xshashlar ham o`z uyalarini muhofaza qiladilar,- shuning kabi odamlar ham qaerda tug`ilib parvarish topsalar,- o`sha joyga cheksiz mehr qo`ygan bo`ladilar.
F. SKORINA
Vatanparvarlik - yolgiz o`z vataniga mehr qo`yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu - vatan bilan o`zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
A. N. TOLSTOY
Kim xalq bilan uning qayg`usini bab-baravar bo`lishib olmasa, uning shodlpk bayramida o`zini xo`rlangan his etishi shubhasizdir.
L. M. LEONOV
Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, - ozod davlatda yashagaga haqlga emas.
F. KLINGER
Inson hammadan avval o`z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.
V. G. VELINSKIY
Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.
J.J. RUSSO
Vatanparvar - o`z vatani kamoloti yo`lida, o`z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o`zini qurbon qiluvchi insondir.
M. OXUNDOV
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Feb 2019, 08:55
Muallif: @As_Master (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 159 (0/159)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru