Bloglar | Futbol | Neymar haqida 15ta ma'lumot
"Barselona" hujumchisi Neymarning ishlari keyingi paytlarda unchalik ham yurishmayapti. Biz sizning e'tiboringizga braziliyalik hujumchi haqidagi 15 ta ma'lumotni havola etamiz.
1. Neymar da Silva Santos Junior 1992 yilning 5 fevral kuni Braziliyaning San-Paulu shtatining Moji-das-Kruizis shaharchasida dunyoga kelgan. 2. 1999 yilda Neymarning ota-onasi uni “Santos” klubi futbol maktabiga o'qishga olib bordi. 3. Neymar “Santos”ning turli yosh toifasidagi jamoalarida to'p surib, nihoyat 2008 yilda asosiy jamoa bilan professional shartnoma tuzdi 4. U yosh bo'lishiga qaramay, yolg'iz emas. Futbolchi sevgilisi Karolina bilan baxtli hayot kechirmoqda. Ularning bir nafar o'g'li bo'lib, uning ismi David Lukkudir 5. Neymar olayotgan pullarining ma'lum qismini xayriya ishlariga sarf qilishga odatlangan. Futbolchi Braziliyada bo'lgan kezlarida, doimiy ravishda nochor oilalarga o'z yordamini berib keladi. Qolaversa, og'ir xastalik bilan kurashayotgan bemorlar uchun shifoxonalarga mablag' o'tkazib turishni ham kanda qilmaydi. 6. Futbolchi ko'plab reklama roliklarning yuzi hisoblanadi. “Red Bull”, “Santander”, “Unilever”, “Wolkswagen” cingari mashhur firmalar bilan shartnoma tuzgan bo'lib, yiliga katta miqdorda gonorar olib turadi. 7. U filmalarni tomosha qilishni va shu bilan birgalikda aktyorlik mahoratini ko'rsatishni yoqtiradi. Shu sababli 2013 yilda futbolchi Braziliyalik rejissyorlar tomonidan suratga olingan “Hayotni sevaman” serialida ham suratga tushgan. 8. Neymar Libertadores kubogi va Chempionlar ligasida zafar quchgan 8 nafar futbolchining biri hisoblanadi. U 2011 yili “Santos” bilan, 2015 yili esa “Barselona” bilan mazkur sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Feb 2019, 09:11
Muallif: @As_Master (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 220 (0/220)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru