Bloglar | Futbol | Futbol qiroli Pele haqida faktlar
23 oktyabr kuni jahon futboli tarixida eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblangan Pele 75 yoshga to'ldi.Uch karra jahon chempioni Braziliya terma jamoasi va “Santos”dagi o'yinlari bilan millionlab muxlislar mehrini qozongan. Terma jamoada 91 o'yinda 77to'p kiritgan. Uning faoliyatidagi muhim jihatlarga etiboringizni qaratamiz.1940 yil 23 oktyabr sanasida Braziliyaning Tres-Korasoyns mavzesida Edson Arantis du Nasimentudunyoga kelgan. Keyinchalik u jahonga Pele laqabi bilan futbol yulduzi sifatida tanildi.Pele otasi tufayli futbolga kirib kelgan. Juan Ramos du Nasimentu yoki Dondino Minas-Jeyras shtati saviyasidayaxshi futbolchi bo'lgan. Keyinchalik u o'g'li Edsonning to'p bilan mahoratini shakllantirgan va “Santos” maktabiga ko'rikka olib borgan.Katta futbolda ajoyib muvaffaqiyatlarga erishgan Pelening 1363 uchrashuvda 1283 to'p kiritgani malumotlarda saqlangan. Biroq shulardan 500 golni u norasmiy o'yinlarda urgan. U ko'rgazmalibellashuvlardagi gollarini ham hisobga qo'shgan. 17 yoshdayoq u jahon chempionatiga yulduziga aylangan. CHorak finalda bir, yarim finalda uch va finalda ikki to'p kiritgan. 1962 yil jarohat tufayli finalni, 1966 yil guruh bosqichi o'yinlarini o'tkazib yuborgan. 1970 yil esa Pele juda kuchli Braziliya terma jamoasi safida uchinchi marta mundial g'olibiga aylangan. U uch marta jahon chempioniga aylangan yagona o'yinchi hisoblanadi. Klublari bilan 29 marta turli sovrinlarga ega chiqqan.Pelening bashoratlari noto'g'ri chiqishi bilan mashhur. Nii Lempti va Nik Barmbijahon yulduzlariga aylanishi, 2000 yilgacha Afrika termalaridan biri jahon chempionatida g'olib bo'lishi, 2002 yil Braziliyaning guruhdan chiqmasligi va finalda Franciya va Argentina o'ynashi to'g'risida bashoratlarni eslab o'tish buning uchun etarli bo'lsa kerak.Pele Braziliyada savodli insonlar ko'payishiga katta hissa qo'shgan. Gap shundaki, 1970-yillarda uning hayoti haqida avtobiografik asar chop etilgan. Uni o'qish uchun ko'plab braziliyaliklar o'qish va yozishni o'rganishgan. CHunki u millatning sevimli insonlaridan biriga aylangan, uning hayoti haqida barcha malumotdan xabardor bo'lishni xalq o'zi uchun shart deb sanardi.Edsonning laqabi nomi ostida sport mahsulotlari, qo'l soatlari va kofe ishlab chiqarilgan. Oxirgi yillarda futbol yulduzisog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch keldi, bir qator operaciyalarni boshdan kechirdi. Lekin tashqi ko'rinishiancha yosh. SHunga qaramay, turli marosimlarda avvalgidan kamroq ko'rinish bermoqda.SHu o'rinda Pelening faoliyatidagi eng muhim holatlarni alohida yodga olib o'tsak.1. Pelening ikki tug'ilgan kuni mavjud: 21va 23 oktyabr. Aslida u 21 oktyabrda tug'ilgan, biroq uni ikki kundan keyin cho'qintirishgan. SHu sababli tug'ilgan kunini 23-sanada nishonlab keladi.2. U terma jamoadagi faoliyatini 135 ming muxlis qarshisida yakunlagan. “Marakana”da 1971 yil 18 iyul kuni Yugoslaviyaga qarshi bellashuvda so'nggi marta terma libosida maydonga tushgan. O'yin 2:2 hisobida yakunlangan.3. Pele bir qator filmlarda suratga tushgan. 9 kartinada u rollarni ijro etgan.SHulardan biri uning hayotiga bag'ishlangan hujjatli filmdir. SHuningdek, “Futbol qiroli” nomli komedik filmda ham o'ynagan.4. U o'g'li Edinoni giyohvand moddalar sotishi tufayli 33 yilga ozodlikdan mahrum etilganini yoqlab chiqqan.5. Rio de Janeyroning 2016 yilgi Olimpiada o'yinlari uchun arizasini qo'llab-quvvatlash jarayonida Maykl Jordanni Maykl Jekson bilan adashtirib yuborgan.6. 1969 yil 19 noyabrda u faoliyatini 1000-golni urgan. SHundan buyon bu kun “Santos”da “Pele kuni” sifatida nishonlanadi va mahalliy bayram deb nishonlanadi. O'sha o'yin arafasida Braziliya pochtasi futbolchining 1000-goliga bag'ishlab maxsus markalarni sotuvga chiqargan. Bu futboltarixida yagona holat bo'lib turibdi. Yubiley golini u “Vasko de Gama” darvozasiga urgan.7. 1969 yil Nigeriyada harbiylar va ulargaqarshi tomon Peleni ko'rish uchun urushni 48 soatga to'xtatib turishgan. O'shanda “Santos” Afrika bo'ylab turnega chiqqan. Futbolchini shu qadar yoqtirishardiki, Lagosdagi stadionga ikkitomonda bir-biriga urush olib borayotgan insonlar tashrif buyurib, uning harakatlaridan bahra olishgan.8. Pele AQSHda “Nyu-York Kosmos” uchun o'ynaganda u bilan futbolkasini almashtirishni xohlagan raqib o'yinchilari shunchalik ko'p bo'lganki, ularning har biriga futbolchining libosi berib chiqilgan. Aks holda, jamoaning maydondan chiqib ketishi oson bo'lmagan. SHu sababli raqib safidagi o'yinchilar miqdoriga teng liboslar tayyorlab kelingan.9. 17 yoshda Edson jahon chempionatida debyut qilgan. SHveciyada SSSR terma jamoasiga qarshi o'yinda ilk marta maydonga tushirilgan. Ilk golini chorak finalda Uelsdarvozasiga urgan. Yarim finalda francuzlar darvozasiga uchta, finalda shvedlar darvozasiga ikki to'p kiritishga erishgan. Jahon esa yangi vunderkindning o'yinlaridan zavq olgan.10. U yoshligidan mahsuldorligi bilan ajralib turgan. 1964 yil “Santos” tarkibidaRibeyraoning “Botafogo” darvozasiga bir o'yinda 8 to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.11. Pele Braziliya terma jamoasida ko'p gol urish bo'yicha rekordchi sanaladi. 77to'p kiritgan futboldan keyin Ronalda yaxshi ko'rsatkichga ega. Luis hisobida 62 gol mavjud. Neymar esa 46 gol urishga ulgurdi va aynan unda Pelening rekordini quvib o'tish imkoniyati mavjud.Pele esa Neymar yaxshi o'yinchi bo'lsa-da, uning darajasiga eta olmasligini takidlagan.12. Juda mehnatsevar va ajoyib jismoniy ko'rsatkichlarga ega Pele futbolda fenomenal natijalarni qo'lga kiritgan. Faoliyati cho'qqisida u 100 metrni 10 soniyada bosib o'tgan. Bunday natija qisqa masofaga yuguruvchi sprinterlarga xos sanaladi. Aytaylik, hozirgi kunda u yamaykalik sprinter Useyn Boltga raqobat tug'dirgan bo'lardi. Bo'yi 173 santimer bo'lgan futbolchi ikki metrdan yuqoriroqqa sakray olgan. SHu xislati bilan ham u engil atletikachilar, aniqrog'ibalandlikka sakrovchilar bilan bellasha olgan bo'lardi.13. San-Paulu shtati jamoasi “Santos”dau 18 yillik faoliyatini o'tkazgan. 1956-1974 yillarda Edson 1091 to'p kiritgan. Klub tarixi aynan u tufayli nomlangan: Pelegacha va undan keyingi davr. Jamoa Pele bilan qatorasiga 5 marta Braziliya Kubogini yutgan, 2 bor Libertadores Kubogi va qitalararo kubok g'olibiga aylangan. 2014 yil “Santos” Pelening imijidan foydalanish uchun umrbod shartnoma tuzdi.14. Pele 1000 va undan ortiq gol urganlar klubining sanoqli azolaridan sanaladi. Bazi manbalarda uning 1389 yoki 1281 to'p kiritgani yozilgan. Undan ko'proq gol urish chex-avstriya hujumchisi Yozef Bican (1468) va nemisGerd Myullerga (1461) nasib qilgan.15. 1999 yil Xalqaro olimpiya qo'mitasi Peleni 20-asrning eng yaxshi 5 sportchisi ro'yxatiga kiritdi. Qiziq tarafi shundaki, Pele biror marta Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmagan. SHunga qaramay, jahonda eng mashhur shaxslardan biriga aylangan futbol yulduzining xizmatlari hisobga olingan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Feb 2019, 18:44
Muallif: @As_Master (11)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 187 (0/187)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru