Bloglar | Psixologiya | Siz qaysi rangni hush ko'rasiz?
Siz qaysi rangni hush ko'rasiz? (Qizlar yigitingiz fe'l atvorini bilib oling) Qizil. U harakatchan, irodali, o`ziga ishonadi. Qizlarni maftun eta oladi. Biroq ba`zan bunday yigitlar oilaviy hayotda qattiqqo`l, johil bo`ladi. Pushtirang. Ayollarday nazokatli. Bunday yigitga turmushga chiqishdan oldin o`ylang: u bilan yashab keta olasizmi? Olovrang. Ulfatchilikni yoqtiradi, ko`ngli ochiq, davralarning guli. Ishonchli erkak. Ular bilan turmush qursangiz, qiynalmay yashaysiz. Sariq. Maqsad sari intiluvchan, bilimli, hayotga muhabbatli. U yaxshi ma`noda mansabparast, hayotda nimani orzu qilsa, albatta unga erishadi. Yashil. Yuragingizni qon qilib tashlaydigan darajada ziqna, ko`ngli tor. Havorang. Aqlli. Ehtiyotkor. Ko`nglidagi gapni ochiq aytavermaydi. Uyidagilarga xushomad qilishni bilmaydi. Ko`k. uning ko`ngliga qarab yashashingiz kerak. Jahli chiqsa har qanday mayday-chuydadan ham janjal chiqaradi. Binafsharang. Yoshidan qat`i nazar, mayday gap, o`zidan ham, boshqalardan ham doim ranjib yuradi. Ammo ular rafiqalariga sadoqatli. Jigarrang. Ibratli oila sohibi. Lekin o`y- fikrlari cheklangan. U bilan uzoqqa borishingiz qiyin. Oq. Hazil-mutoyibadan yiroq, yolg`izlikni yoqtiradi. O`yin-kulgudan nari yuradi. Ko`pincha do`stlari bo`lmaydi. Kulrang. Tabiatan og`ir-bosiq. Xayolparast. O`zini-o`zi qiynab yashaydi. Qora. O`ta ketgan xudbin. Tabiati ob- havodek tez-tez o`zgarib turadi. ba`zan g`amga botib, ich-itini yeydi
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Feb 2019, 19:37
Muallif: @SherYurak (8)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 243 (1/242)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru