Bloglar | Taom retseplari | Fransuzcha salat retsepi
Fransuzcha salat.

Kerakli maxsulotlar:

1 dona sabzi yoki (200 gr sabzi salat)

1 dona qaynatilgan qizil lavlagi

1 dona barra bodiring

200 gr karam

200 gr qovurilgan kartoshka

200 gr qovurilgan go’sht

mayonez

yashil no’xat (konservasi)

Tayyorlanishi:

Qaynatilgan qizil lavlagi, bodiring, sabzi (sabzini o’rniga korescha sabzi salat solsa ham bo’ladi), karom somoncha shaklida aloxida aloxida to’graladi. Go’sht somoncha shaklida to’g’rab, istalgan ziravorlar bilan qovuruladi. Kartoshka somoncha shaklida to’g’rab yog’da qovurib yog’i silqitiladi. Katta likopga maxsulotlar birma bir solib chiqiladi. O’rtasiga mayonez to’kiladi yoki mayonez bilan xoxishga ko’ra bezatiladi. Dasturxonga tortilgandan so’ng aralashtirib, tanavul qilinadi.

Qo’shimcha: Qovurilgan go’sht o’rniga kalbosa, yashil no’xat o’rniga kukuruz dondlari yoki qaynatilga loviya ishlatish ham mumkin.

Yoqimli ishtaxa!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 March 2019, 13:31
Muallif: @isco (13)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 166 (0/166)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru