Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Nega siz hamon kambag'alsiz?
Keling, biz siz bilan savol javob o'yinini o'ynab ko'ramiz. Savollarni, aziz o'quvchi, men beraman. Javoblarni esa siz menga emas, o'zingizga bering. Faqat aniq va rost javoblarni bering .
Demak: Maoshdan maoshgacha yashash joningizga tegdimi? Topayotgan pulingiz ehtiyojlaringizni qondirishga yetmayaptimi? Yo'qchilik sabab oilangizda janjallar bo'lib turadimi? Pul yo'qligidan orzularingizni amalga oshira olmayapsizmi?
Agar to'rt marta ”ha” javobini bergan bo'lsangiz, bu maqola aynan siz uchun!
Pul siz uchun nima?
1998 yili Daniyalik sotsiologlar aholi orasida: ”Pul siz uchun nima? U sizga nima beradi? Pul - ezgulikmi yoki yomonlik?” — degan savollar bilan so'rov o'tkazishdi va shunday javoblarni olishdi:
Pul - bu ozodlik, boshqa odamlarga qaram bo'lmaslik imkoniyati. Pul - haq to'lanadigan emas, ko'nglingga yoqqan mashg'ulot bilan shug'ullanish imkonini beradi.
Pul - orzularni ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Pul - turli qulayliklar taqdim etadi, turmushni go'zallashtiradi
Pul - qariganda farovon hayotni ta'minlaydi.
Pul - bu yaqinlarimizga, ota-onamiz, farzandlarimiz, aka-ukalarimiz va do'stlarimizga yordam berish imkoniyatidir.
Pul - farzandlarga yaxshi ta'lim berish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga qator salbiy fikrlar ham bo'lgan. Masalan:
Pul - bu johillik.
Pul - yaqin insonlar orasiga nizo soladi.
Pul - nafsga erk beradi.
Agar pul ko'p bo'lsa, halovat yo'qoladi. Ertayu kech uni yo'qotib qo'yishdan qo'rqib yashaysan.
Pul - boshqa hamma qadriyatlarni unutishga majbur qiladi.
Pul - odamlarni xasis va ochko'z qilib qo'yadi.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy so'rov natijalarining hech biri haqiqatdan holi emas. Ammo bulardan quyidagi umumiy xulosaga kelish mumkin:
Pul - bu ko'zgu. Unda insonning yaxshi va yomon tomonlari aks etadi. Uning vositasida insondagi salbiy va ijobiy jihatlar yuzaga chiqadi. Bas, shunday ekan, fazilatlarimizu qusurlarimiz o'zimizniki va pulning ularga aslo aloqasi yo'q.
KIM BO'LISHNI ISTAYSIZ: BADAVLATMI YOKI QASHSHOQ?
Bunda ko'p narsa sizga va sizning yillar davomida shakllanib kelgan pul bilan munosabatingizga bog'liq. Siz nima deb o'ylaysiz? Siz qanday amalga oshirasiz? Bular pul bilan munosabatda ko'p narsani belgilab beruvchi savollardir. Yodda tuting: boylikning o'ziga yarasha qonunlari bor. Bu qonunlarning ahamiyati butun olam tortishish qonuninikidan kam emas va hukm bu yerda ham xuddi suddagi kabi yagona: qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. Boylik qonunlarini bilmaslik qashshoqlik balosidan xalos etmaydi. Dunyoda pul ko'p. Siz o'ylagandanam ko'p. Hamma gap ularning qanday qilib aynan sizning hamyoningiz va hisob raqamingizga kelib tushishini ta'minlashda. Ha, ko'pchilikni o'sha mashhur savol hamisha qiynaydi: qanday qilib ko'p pul topish mumkin? Ammo faqat boylik qonuniyatlariga amal qilganlargina bunga javob topa biladilar.
Dunyoda ”millionerlar”ni sanab chiqish mumkin. Nega ular buncha kam? Nega ular qatoriga qo'shilish buncha qiyin? Nega hamma ham boyish imkoniyatidan foydalanmaydi? Axir boy bo'lish hammaning ham qo'lidan keladi-ku? Bu savollarga keyingi maqolalarimizdan javob topa boshlaysiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 March 2019, 08:01
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 236 (1/235)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru