Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Barmoqlaringiz uzunligi nima deydi?
Bu oson. Qo'lingizga qarang va ko'rsatgich barmoq bilan nomsiz barmoqning (ya'ni to'rtinchi barmoq) uzunligini solishtiring. Endi javoblarni o'qing:
A. Ko'rsatgich barmoq nomsiz barmoqdan kaltaroq bo'lsa. Bunday odamlar ko'rinishi ko’rkam, jozibadordirlar. Gaplari ma'noli bo'ladi. Odamlarning diqqatini osongina jalb qila oladilar. Ular boshqalarga qaraganda juratli, tavakkal qilishga o'ch va muammolarni osongina hal qila oladilar. Ularning o'ziga xos sifatlardan yana biri- suhbatdoshlariga nisbatan xamdard va qayg'udosh bo'la olishlaridir. Bunday odamlardan ajoyib muhandis, olim va krossvord ustalari yetishib chiqadilar.
B. Ko'rsatgich barmoq nomsiz barmoqdan uzunroq bo'lsa. Bunday odamlar o'ziga ishongan bo'ladilar. O'zlari mansub bo'lgan tabaqadan rohatlanadilar, bekorchi ishlar bilan bezovta qilishlarini yoqtirmaydilar. Biznes uchrashuvimi yoki ishqiy munosabatmi, farqi yo'q, ular hech qachon birinchi bo'lib tashabbus ko'rsatmaydilar. Ammo e'tiborni qadrlaydilar va maqtov hamda iltifotlarni xush ko'radilar.
C. Ko'rsatgich va nomsiz barmoqlarning uzunligi bir xil bo’lsa. Bunday barmoq soxiblari sulhparvar va ko'ngli ochiq odamlardir, ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Turmush tarzlari batartib, hamma bilan murosa qila oladilar. Bunday odamlar yaqinlariga sadoqatli, ishda esa fidokordirlar. Lekin ehtiyot bo'ling, jahli chiqsa lov etib yonib ketadi, shuning uchun doim ularning tarafida bo'ling.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 26 March 2019, 09:04
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 130 (0/130)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru