Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Burun tuzilishiga qarab xarakter aniqlaymiz!
Burun tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz va o'zingizni yanada yaqindan bilib oling.
Izroil olimlari uzoq vaqtdan beri burunlar tuzilishi odamlarning xarakterini namoyon etishi haqida bosh qotirib, bir to'htamga kelishdi. Ular eng ko'p tarqalgan 8 xil burun tuzilishlari haqida aytib berishdi. Bu noodatiy test 93% haqiqatga yaqin! Sizchi o'zingiz haqingizda bilib oldingizmi? Demak, Izroil olimi Abram Tamirning izlanishlari zoy'e ketmadi.

1. Nubiyskiy burun.
Nubiyskiy burun boshqa burunlardan o'zining uzunligi bilan farq qiladi. Burunning o'rta qismi tekkis, tugagan qismi pastga qaratilgan. Bunday burun sohiblari nihoyatda qiziquvchan va optimist bo'ladilar. "Nubiyslar" juda ko'p hollarda yordam qo'lini cho'zib atrofdagilarga qulay sharoit yaratib berishga intiladilar. Nubiskiy burun sohiblari ko'pchilik uchun kelishgan hisoblanadilar va ular har qanday vaziyatda yechim topib keta oladilar.

2. Grek burun.
Bu atama uzoq izlanishlardan so'ng kelib chiqqan. Grek buruni juda ingichka, to'g'ri va uzundir. Grek burun sohiblari doimo e'tibor markazida bo'lishni yoqtirishmaydi. Ular nihoyatda talabchan va yaqin insonlarini qadrlaydilar. Bunday insonlarga o'z hissotlari haqida gapirish nihoyatda qiyin, chunki ular yopiq insonlardir.

3. Kryuchkoviy (tuzoq) burun.
Ko'pchilik bu burun tuzilishini qushning tumshug'iga o'xshatadi. O'rta qismi bukilib past qismi esa pastga qaratilgan. Bunday odamlar jonkuyar va fidokor bo'ladilar. Ular jon-jaxtlari bilan qolganlarni havfga qo'yib bo'lsada o'z tamoyillarini himoya qiladilar.

4. Arka burun.
Bunday burun turi kruchka(tuzoq) burun turiga yaqinroq ammo uchi o'tkirroqdir. Bunday burun sohiblari- ajoyib tashkilotchilardir. Ular doim ishlariga ma'suliyatli va oldilariga qo'ygan maqsadlari sari olg'a intiladilar.

5. Tugmacha burun.
Bu burun nihoyatda nozik va kichkina bo'ladi. Bu turdagi burun nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, bu burun sohiblari o'z qarorlarida qat'iy turib oluvchi, atrofdagilarga ma'qul kelmasa ham o'z fikrlarini o'zgartirmaydigan insonlardir. Bu turdagi insonlarning juda og'ir xarakterlari bo'lib, gapdan to'g'ri maqsadga o'tib ketadilar. Ko'p hollarda hohlagan maqsadlariga erishadilar.

6. To'g'ri burun.
Bunday turdagi burun Osiyoda keng tarqalgan. Bu burun tuzilishi deyarli mukammal to'g'ri. Bunday burun sohiblarining xarakterlari juda og'ir bo'lib, ular juda ehtirosli va serg'ayrat insonlardir. Sababsiz jahllarini chiqarish juda oson.

7. Qayrilgan burun.
Bunday burunning o'rta qismida kichkina bukr bor. Bunday burun turi keng tarqalmagan bo'lib boshqa burun turlarida ajratib olish ozgina qiyinroq. Bunday burun sohiblari nihoyatda sahiy qo'li ochiq hotamtoylardir. Bunday insonlarni hafa qilish va diliga ozor yeyqazish osondir.

8. Qiyshiq burun.
Yoqimli bo'lmagan nom. Ammo bunday burun sohiblari tabiatan xarakterlari yengil bo'lib, yumshoq va mehribon insolardir. Bu burunning o'rta qismi egri, past qismi yumaloq bo'ladi. "Qiyshiq" burun sohiblari bajarayotgan ishlariga ma'suliyatli, yaxshi do'st, hamdard va hamkordirlar.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 26 March 2019, 09:07
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 207 (0/207)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru