Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ishdagi o'sish!
Necha yillar o’tsa ham haliyam oddiy ishlarni qilib yuribsizmi? Ishingizda o’zgarish bo’lmayaptimi? Agar javobingiz “ha, huddi shunday” bo’lsa, avvalo o’zingizga savol bering, o’zingiz o’zgarayapsizmi? Yoki o’z qobig’ingizga o’ralashib qolganmisiz?
Qoidalar:
- Ishdagi yaqin hamkasbingiz yoki do’stingizdan o’zingizda nima kamchilik borligi haiqda so’rang va uni to’girlashga harakat qiling. Aks holda sizning gapirmasdan o’zingizni tutishingiz va xatti-harakatingiz nafqat o’zingizga bo’lgan ishonchsizlikni balki, qilayotgan ishingizni ham uddalay olmayotganingizdan darak beradi.
- Hamma ishni o’zingiz qilishga harakat qilmang. Atrofingizdagi yordamchilar va tajriba ortirayotganlar oddiygina qog’ozlarni titish va fayllarga solishni sizsiz ham uddalaydilar, yaxshisi siz ko’zga ko’ringan va ma’suliyatli ishlarni qilling.
- Ishxonangizdagilar bilan orzu va maqsadlaringizni muhokama qilmang. Agar kompaniyangizda siz hohlagan ish o’rni bo’shab qolsa, bunga istagingiz borligi haqida boshlig’ingizga ayting.
- Siz har doim tashqi ko’rinishingizga e’tiborli bo’ling. Qish kunlari loy va chang oyoq kiyim yoki tirnog’ingiz ostidagi kir atrofingizdagilarda siz haqingizda yomon taasurot qoldirishlari mumkin.
- Ishdan erta ketmang. Ishda qanchalik ko’p o’tirib ishlaringizni qilsangiz, shunchalik ishingizda unumli bo’ladi, shu sababdan uyga ketishga shoshilmang.
- O’qing, o’rganing va sohangizga tegishli yangiliklar bilan tanishing.
- Umumiy qiziqishlaringizni bo’lishing. Agar boshlig’ingiz bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, “Bugun konferensiyada bitta qizni ko’rdim, juda yaxshi mutaxassis ekan, balki u bizga kelajakda kerak bo’lar.” Kabi umumiy takliflarni o’rtaga tashlang. Siz bu bilan nafaqat o’zingizni, balki kompaniya kelajagini o’ylayotganingizni bildirasiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 26 March 2019, 20:56
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 200 (0/200)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru