Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Ta'sirchan teri uchun qoidalar!
Yuz terisi ta'sirchan bo'lib qolganda ushbu qoidalarga qat'iy amal qilishi kerak: * uxlashdan avval yuzni, albatta, makiyajdan butkul tozalang; * yuz uchun foydalaniladigan kosmetik vositalar sifatli va allergiya bermaydigan, allergiyaga qarshi test qilingan, spirt qo'llanilmagan bo'lishi kerak; * ta'sirchan yuz terisini vodoprovod suvi bilan yuvmaslik kerak. Maxsus yumshatilgan, turli xil damlamalar, hech bo'lmaganda qaynatib, sovitilgan suvdan foydalanish lozim. Suvni uy sharoitida ham yumshatish mumkin. Bunda 1 litr suvga 1 choy qoshiq ichimlik sodasi solinadi. * Yuz kremlari tarkibida sitrus mevalar, efir va hidli yog' komponentlari bo'lmasligi kerak. Chunki bu vositalar yuzning allergik xususiyatini kuchaytirishi mumkin. * Ta'sirchan teri uchun skrablar, plyonka niqoblar mumkin emas. Shuningdek, kalendula, rozmarin, sandal yog'laridan tayyorlangan sprey, tonik va kremlar ham tavsiya etilmaydi. * Tungi krem tarkibida esa tabiiy yog'lar mavjud bo'lishi shart. Ular yuzdagi namlikni saqlab, terini tinchlantiradi. * Agar yuzim va tanamning terisi o'z ko'rkamligini yo'qotmasin, desangiz, hech bo'lmasa haftada bir marta yuzingizga vitaminli sabzavotlardan niqob torting.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 27 March 2019, 20:48
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 165 (0/165)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru