Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Anjir haqidagi foydali ma'lumotlar!
Anjir inson organizmi uchun muhim hisoblangan vitamin va mineral moddalarga boydir. Jumladan, anjir tarkibida kalsiy moddasi ko`p bo`lib, suyaklar mustahkamligini ta`minlaydi. V6 vitamini esa organizmda yaxshi kayfiyatni baxsh etuvchi serotin moddasining ajralib chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qanddir. Olimlarning ta`kidlashicha anjir turli xastaliklar, jumladan, ekzema, astma, shamollash, furunkula, o`simta va yara kasalliklari kabilarni davolashda tavsiya etiladi. Shuningdek, kardiolog-shifokorlar ham yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida har kuni 2-3 dona anjir mevasini iste`mol qilishni tavsiya etishadi. Anjir varikoz kasalliklarida hamda qon quyuqlashib qolishi, tromblar hosil bo`lishi natijasida yuzaga keluvchi kasalliklarda ham foydali. Shifobaxsh meva oshqozon-ichak yo`llari tizimidagi buzilishlarda ham yordam beradi. Tarkibida kalsiy moddasi ko`pligi tufayli, suyak va bo`g`im kasalliklarini davolashda ham qo`llaniladi. Anjirdan tabobatda balg`am ko`chiruvchi, peshob haydovchi, yallig`lanishga qarshi, antitoksin vosita sifatida foydalaniladi. Sharbati esa qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Barglari diabet bemorlar uchun foydali. Anjir uzoq vaqt kasal bo`lgan kishilarga kuch va quvvat baxsh etuvchi meva. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf etadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 27 March 2019, 20:49
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 184 (0/184)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru