Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Kunni unumli o'tkazish qoidasi
Aytishlaricha, kunning birinchi soati uning qolgan qismi qanday o’tishini belgilar ekan. Bugun Gooper.uz'da kunni unimli o'tkazish qoidasini taqdim etamiz. Marhamat! (Shaxsiy tajribalarga asoslangan!)Bu narsa mening hayot tarzim uchun mutlaqo haqiqat ekanligini angladim. Uyqudan uyg’onganimdan keyingi birinchi soat davomida dangasa va parishon bo’lgan bo’lsam, butun kunni dangasalik va parishonxotirlik bilan o’tkazar edim.
Bunday kunni men quyidagi ketma-ketlikda boshlar edim: kichkina qizimni ozgina erkalardim, oyoq-qo’lim chigilini yozardim, kiyinardim, soqolimni olardim, shoshilmay nonushta qilardim [20 daqiqa tayyorlash va 20 daqiqa tanavvul qilishga], xotinim bilan kun rejasini muhokama qilardim [biz birga uyda ishlaymiz] va hokazo. So’ngra men ish kunumni quydagicha boshlar edim: pochtani tekshirardim, blogga maqola yozardim va boshqa arzimas ishlar bilan mashg’ul bo’lardim. Bu paytgacha ancha vaqt o’tar edi. Ertalabgi vaqtni bunday o’tkazishim meni kunga nisbatan qiziqishimni susaytirardi. 1 dan 10 gacha bo’lgan daraja ko’rsatg’ichi bo’yicha mening umumiy quvvatimning darajasi kamdan-kam xolda 7 sonigacha borar edi.
Biroq, agar men birinchi soatni samaraliroq o’tkazishga harakat qilsam, kunning qolgan qismini ham shunday tarzda o’tkazishga rag’bat tug’iladi. Bunday kun shunday boshlanar edi: men ertalabki 5 da soat bongi bilan uyg’onaman va darhol o’rnimdan turaman - yana biroz uxlash haqida o’y ham bo’lishi mumkin emas. Men tezda kiyinaman, lekin soqol olishni keyinroqga qoldiraman. O’tli choy [kofeyinsiz] tayyorlab, to’g’ri uyimdagi ofisda joylashgan ish joyimga yo’l olaman. Hech qanday pochtani tekshirish yo’q. 5:10 da o’zimning 1-Raqamli Loyiham ustida ish boshlayman. 60-90 daqiqa o’tgach men ishimni biroz to’xtatib, soqolimni olaman va oilam bilan salomlashaman, 5 daqiqada nonushta tayyorlab, uni ofisimda ishimni davom ettirgan holda tanavvul qilaman. Bunday samarali o’tgan birinchi soat meni ancha olg’a siljitadi, va men oldin kun bo’yi qilgan ishimning xajmini endi soat 11 da bajarib bo’laman. Bunda quvvatimning darajasi kun davomida 8-9 sonidan kam bo’lmaydi.
Ikkinchi rejaga ko’nikkanimdan keyin u qiyin emas, balki birinchi rejadan ancha oson ekanligini tushunib yetdim. Eng muhim vazifalarning ertalab vaqtli bajarilishi insonni quvvat bilav ta’minlasa, bir necha o’ta samarali o’tgan haftalar esa yana ham g’ayratiga g’ayrat qo’shadi. O’zimning muhim loyiham ustida uch soat bosh qotirib ishlab bo’lganimdan keyin soat 8.30 ekanligini ko’rib, men o’zimni qoyilmaqom his etdim. Bu narsa meni butun kun davomida qo’llab-quvvatlaydigan kuchli irodani barpo qiladi. Ko’pincha men kechki soat 5 gacha pochtaga teginmayman. Umuman, mening fikrimcha, odamlar pochta tekshirishni kech soat 5 gacha tark etishsa [oddiy ish kunida], shuning o’zi ularning samaradorligini kuchli oshiradi. Pochta tekshirishni ish kuningizning oxirida amalga oshiring, shunda qanchalik tez uddasidan chiqishingizni o’zingiz ham ko’rasiz.
Albatta, mening uy sharoitida ishlashimning afzalligi bor, chunki men uyg’onganimdan bir daqiqa o’tar-o’tmas o’z ish joyimda bo’laman. Lekin ilgari men uydan tashqari bo’lgan ofisda ishlaganimda ham shunday bo’lardi.Odatda kunning samarali boshlanishi bu o’rnimdan turib, to’g’ri ishga ushlanib qolmasdan borishim edi. Uyda shoshilmay ovqatlanishimdan ko’ra, idoradagi nonushta kunning samaraliroq o’tishini ta’minlardi.
Qanchalik vaqtli boshlasang, shunchalik vaqtli tugatasan. Ba’zida kunlik vazifalarimni soat 15.30gacha, yani qizimni bog’chadan olguncha bajarib bo’lardim va kunning qolgan qismida bemalol dam olardim.
Sabab harakatning asosidir, lekin ba’zan harakat sababning asosi bo’lishi mumkin. Kunning birinchi soatida bajargan vazifalaringiz kuchli asosni vujudga keltiradi va siz undan foydali bahra olishingiz mumkin. Agar siz yuqori samaradorli kuningizni jadal sur’atda o’tkazishni hohlasangiz, birinchi soatda quyidagilarni bajaring: o’rningizdan turing va darhol eng muhim ishingizni bajarishga shoshilng. Agar kuningiz osoyishta bo’lishini hohlasangiz,unda birinchi soatni xotirjam o’tkazing: meditatsiya qiling, kitob o’qing, sayr qiling, bo’shashtiruvchi vanna qabul qiling. Sust, harakatsiz kunni hohlasangiz-ozgina dangasalik qilishingiz ham mumkin: odatdagidan sal ko’proq uxlang, televizor tomosha qiling, shoshilmay nonushta qiling. Ishdan holi bo’lgan kunni hohlasangiz, unda pochtani tekshiring, forumlarga kiring, yangiliklarni o’qing, odamlar bilan suhbatlashing.
Xulosa shuki, agar siz muqarrar bir kunni hohlasangiz, shunchaki bor kuchingizni birinchi soatga jalb qiling. Keyin nima bo’lishidan havotir olmang. Agar shu birinchi soatni o’z izmingizga tushirib olsangiz, kunning qolgan qismi ham shu qolipga tushadi. Butun kemani boshqarishni istasangiz, yetakchi qoida kuchi vositasidan foydalaning. Men bu narsa kunning boshqa vaqtida ham ish berishi ehtimoli borligini aniqladim.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 27 March 2019, 21:50
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 182 (0/182)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru