Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Agar tishingiz og'risa!
Odam o'zining tabiiy tishlarini qadriga yetishi va unga bepisand bo'lishi yoxud kasallanishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Mutaxassis shifokorlar ham yilda ikki bor ko'rikdan o'tkazib turishni ma'qul deb biladilar. Tish og'rig'ini keltirib chiqaradigan juda ko'p salbiy omillar mavjudligi qayd qilinadi. Tishni "qurt yeyishi" asab tolalarining ochilib qolishi tishlarning og'rig'iga sababchi bo'ladi. Yanchilgan murch yoki xantaldan (gorchisa) olib, teng miqdorda tuz qo'shib aralashtiriladi va og'riyotgan tishga qo'yiladi. Semiz o'tning bargini chaynasangiz, milklaridan qon ketishini to'xtataydi. Yong'oq ustidagi po'stning bir bo'lagini og'riyotgan tishga qo'ysangiz, og'riq tuxtaydi, milklar mustahkamlanadi. Tish milklari bushashib ketsa, har kecha qizigan va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo'yib turing. Oshqovoq xom "go'shti" dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g'arg'ara qilinsa, tish taskin topadi. Tishingizning o'ng tomoni og'risa, chap qo'lingiz tomiriga, aksincha bo'lsa, o'ng qo'lingiz tomiriga qirgichdan o'tkazilgan sarimsoq, bog'lang. Shunda iztirobli darddan qutilasiz. Sholg'om ildiz mevasi qirg'ichdan o'tkazilib 1 piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach sharbati bilan og'iz bo'shlig'i chayiladigan bo'lsa, zirq'irab og'riyotgan tishga malhamlik qilib taskinlik beradi. Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og'iz bo'shlig'ida tutib turiladigan bo'lsa, milklarning pilla bog'lashiga malham beradi. Qattiq og'riyotgan tishga yarimta komfora (dorixonada bo'ladi) qo'yilib, uni chaynab yumshatilgan qog'oz bilan mustahkamlab qo'yilsa, aziyatdan xoli bo'lasiz. Tish nish olib milkni qirqib chiqqanida sodir bo'luvchi og'riqdan xalos bo'lish uchun milklar kuniga bir necha marotaba nugruni (soda) bilan chayib turiladi. Tish zirq'irab og'riyotgan tomondan quloqqa bargizubni ezib, uning suv tomchisi tomizib turilsa, og'riq yarim soat ichida yo'qoladi. Qattiq og'riyotgan tishning yuqorisidan uch barmoq vositasida qattiq bosib turiladigan bo'lsa azobi asta-sekinlik bilan yo'qoladi. Tish simillab yoki qattiq og'rib qoladigan bo'lsa, marmarak qirqbug'in, g'ozpanja buymadoron kabi o'tlarning birontasini qaynatma bilan iliq xolida og'iz chayiladi, iloji boricha qaynatmani og'riyotgan tish agrofida tutib turishga harakat qilinishi kerak bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ida sovugan qaynatma 30 daqiqa ichida 5 martaga qadar almashtirilishi mumkin. Qattiq og'riyotgan tish tarafi (lunj matoga o'ralgan xolda qurida pishirilgan kartoshka tashqari tomonidan tutib turilsa, dardni yengillashtiradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 24 Apr 2019, 20:23
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 197 (0/197)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru