Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Arzon va kuchsiz smartfonlar uchun 8 yengil ilova
Mobil qurilmalar rivojlanib, kuchaygani sayin ular uchun ishlab chiqilayotgan ilovalar ham takomillashtirilib borayotir. Ammo bu dasturlarning aksariyatini nisbatan eski modellardagi hamda hamyonbop (ichki xususiyatlari pastroq) smartfonlar "ko'tara olmasligi" mumkin.
Shu bois ham ishlab chiquvchilar ayrim ilovalarning nisbatan "yengil" versiyalarini taqdim etishgan – ularda faqat eng kerakli funksiyalargina qoldirilgan bo'ladi. Bugun Android-smartfonlarga moslangan shunday "yengil" dasturlardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
BRAUZERLAR
Opera Mini
Eng ommabop brauzerlardan birining yengillashtirilgan talqini. Lo'nda interfeysidan tashqari, Opera Mini bir nechta yoqimli funksiyalarga ega. Masalan, reklamalarni bloklash, trafikni tejash, desktop Opera bilan sinxronlashish kabilar.
Яндекс.Браузер Лайт
"Yandeks" kompaniyasi brauzerining muxlislari uchun uning "yengil" Android-ilovasi ham yaratilgan. Uning hajmiyam ikki megabaytdan salgina oshadi, tizim resurslarini ham ko'p talab etmaydi. Yana bir qulay tomoni – "Яндекс.Браузер Лайт" ilovasini bevosita smartfonning o'z xotirasiga emas, balki microSD-kartaga o'rnatish imkoni ham mavjud.
UC Browser Mini
UC Browser ilovasini ko'pchilik ishlatadi, ammo uning mini-versiyasi yanada ixcham. Hajmi bir megabaytdan salgina oshsa ham, bu mini-brauzer ko'p yaxshi funksiyalarga ega. Jumladan – tezkor yuklovchi, inkognito rejimi va tungi – to'qrang mavzu kabilar.
IJTIMOIY MULOQOT ILOVALARI
Skype Lite
Barchaga ma'lum va mashhur "Skayp"ning layt-versiyasi, u texnik jihatlari kuchsiz qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. "Yengil" bo'lishiga qaramasdan, to'laqonli Skype’ning eng kerakli barcha funksiyalarini bajara oladi.
Facebook Lite
Bu – Facebook klientining "yengil" talqini. U smartfon resurslarini va quvvatini kamroq sarflaydi. Hatto internet tezligi past bo'lsa ham "oddiy" versiyaga nisbatan tezroq ishlay oladi.
Messenger Lite
Ko'pchiligimiz foydalanayotgan Facebook Messenger’ning "parhezbop" versiyasi. Hajmi 10 megabaytdan kamroq bo'lgan bu "yengil" messenjer Android operasion tizimining 2.3 – Gingerbread’dan boshlangan barcha versiyalariga tushadi. Eng kerakli funksiyalar – qo'ng'iroq, xabarlar, videoaloqa funksiyalari mavjud.
SMARTFONGA XIZMAT KO'RSATUVCHI ILOVALAR
Dr.Web Light
Taniqli antivirusning "taroshlangan" – keraksiz qo'shimcha funksiyalari olib tashlangan versiyasi. Fayl tizimini real vaqt rejimida skanerlab, tekshira oladi, tovlamachi-bloklovchilar qulflab qo'ygan qurilmani echa oladi. Yana bularning barchasini tizimga ortiqcha yuk solmasdan eplaydi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 30 Apr 2019, 20:08
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 165 (0/165)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru