Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Imtihonlar oldidan foydali tavsiyalar!
1. Tanaffuslar qiling.Bu o'zingizni erkin qo'yishingiz va yangi ma'lumotlarni to'g'ri taqsimlashingiz uchun yordam beradi.
2. Telefonni o'chiring, ijtimoiy tarmoqlarga kirmang, televizor yoniga yaqinlashmang.Bunday ishtiyoqlarga qarshi kurashishda o'zingizda kuch topishingiz zarur.
3. To'yib uxlang.
4. Ovqatlanish haqida unutmang: bu organizmga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.Biroq haddan ziyod to'yib ovqatlanish zararli. Odatda to'yimli taomlar iste'mol qilish kishini uyquga tortadi va
o'rganishni istamay qolasiz.
5. Stressli holatlar va odamlarning salbiy fikrlaridan qochishga harakat qiling.Tayyorgarlik vaqtidagi sharoit maksimal darajada yoqimli bo'lishi kerak.
6. Shpargalkaga ishonib qolmang. Ko'chirib olish imkoniyati ham bo'lmasligi mumkin. Agar ko'chirib olish qo'ligizdan kelmasa (tan oling, qo'chirishga ham katta mahorat kerak), bunga urinib
ham o'tirmang!
7. Dars qilish uchun o'zingizga joy yarating: shinam, qulay, yorug', barcha zarur buyumlar bilan jihozlangan.Xonada to'shak bo'lmasligi kerak: zerikarli mavzularda uxlab qolish ehtimoli
kuchli bo'ladi.
8. Qayd qilingan ro'yxatlar tuzing:ularni yodlab olish oson.
9. Uzoq vaqt davomida o'tirganda muskullarni bo'shashtirish va chalg'ish uchun sport eng yaxshi vositadir.Bundan tashqari, yugurish, velosiped haydash yoki shunga o'xshash jismoniy mashqlar
vaqtida murakkab bo'lgan savollar ustida shoshilmay fikrlashingiz mumkin.
10. Agar o'qish uchun tayyor emasligingizni his etsangiz, o'zingiz uchun eng qiziq tuyulgan mavzularni o'rganishdan boshlang.
11. Kechki payt sayrga chiqing.Tayyorgarlik chog'ida asablar taranglashadi. Shu sababli biroz dam olish ham kerak.
12. Aniq tayyorgarlik rejasini tuzing. Hammaga omad!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 8 May 2019, 04:57
Muallif: @QuvnoqMasteR (1)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 7 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 228 (0/228)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru