Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Mobil telefonlarda java kitobyasash
Mobil telefonlarda java kitob
yasash uchun bizga kerak
bo'ladigan dasturlar:
1) X-plore dasturi
2) Mini kommander
3) Ucweb browser va ozgina
sabr
Hozir sanalgan dasturlarni
maqola oxiridan yuklab olishingiz
mumkin Demak ishni boshlaymiz!
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _
Avval tayyor dvijokni dvijok_jar
qilib ucweb browser orqali
yuklab olamiz!(dvijok maqola
oxirida )Yuklab olgan
dvijogimizni X-prore orqali
nomini, yani dvijok_jar ni
dvijok.zip qilib o'zgartiramiz!
Endi mini komander orqali
dvijok.zip faylini ochamiz! Uyerda
birinchi qiladigan ishimiz META-
INF papkasini ochib MANIFEST-MF
faylini ochamiz! MF fayl mini
komanderda ochishni"Mini
komander" nomli maqolada
yozgan edim.Uyerdagi
o'zgartirish kerak bo'lgan
so'zlarni tushunarli qilib
yozganman! Yasayotgan java
kitobni qanday nomlamoqchi
bo'lsangiz shunday yozing!
Chunki uyerdagi so'zlar java kitob
yuklab telefonga o'rnatilganda
ko'rinib turadi! Bu faylni taxrirlab
bo'lgan bo'lsangiz ikkinchi ishga
o'tamiz!Dvijok.zip ni mini
komanderda ochamiz.Uyerda txt
papkasi bor! txt papkasi
ochsangiz
1.txt
2.txt
3.txt
about.txt
help.txt
muallif.txt
fayllariga ko'zingiz tushadi!
Izohlab o'taman! Buyerdagi
fayllar java kitobning asosiy
ma'lumotlar joylanadigan
fayllardir!Yani
1.txt
2.txt
3.txt
java kitobning asosiy ma'lumotlar
joylanadigan fayllari. Tushunarli
bo'lsin deb 1,2,3 deb nomladim!
Tasavvur qiling, siz o'zingiz 3
qismli maqola yozgansiz!
Maqolalaringizni nomi tahminan
maqola1.txt
maqola2.txt
maqola3.txt deb nomlangan.Agar
adashib ketmayman desangiz
shunday qoldiring. Yoki 1,2,3 deb
nomlab saqlang. Qanday nomlash
o'zingizga havola! Tayyor
maqolani txt papkasiga mini
komander orqali ko'chirib
o'tkazamiz! Faraz qiling ko'chirib
o'tqazgan fayl 1,2,3 va hokazo txt
deb nomlangan!Endi muallif.txt
va about.txt ni taxrirlang!
Maqolalar dvijok.zip ichiga joylab
va taxrirlab bo'lib dvijok.zip
ichidan mnu papkaziga kiramiz!
Uyerda story.mnu fayli ichida
Birinchi qism
1.txt
Ikkinchi qism
2.txtUchinchi qism
3.txt
shu tarzdagi yozuvlarga ko'zingiz
tushadi! Sezgan bo'lsangiz, bu
java kitobdagi maqolalarni o'qish
uchun birin ketin joylashtirilgan
maqolalar menyusi.Agar sizni
maqolalaringiz
1.txt
2.txt
3.txt
deb nomlangan bo'lsa shunday
qoldiring! Aksi bo'lsaTahrirlang!
Yodingizda bo'lsin!Maqola nomi
yozilgacha bitta pastga tushib
maqolaga yo'l ko'rsating. Yani
Birinchi qism
1.txt
Ikkinchi qism
2.txt
shu tarzda joylashtiring! Orasida
joy qolib ketmasin. Aks holda java
kitobda xatolik yuzaga keladi.
Huddi ko'rsatilgandek qiling!
Keyingi ish sys papkasini ochib
uyerdan main.mnu papkasini
ochamiz.Uyerda
Muallifdan...
muallif.txt
Asosiy menyu
story.mnu
Boshqaruv
help.txt
Dastur haqida
about.txt
Chiqish
[EXIT]
yozuvlari bor. Tushungan
bo'lsangiz kerak. Bu java
kitobning bosh menyusi. Buyerga
tegmasangiz ham bo'ladi. Agar
muallif.txt help.txt about.txt
fayllari nomlarini o'zgartirmagan
bo'lsangiz tegmaganingiz maqul!
Buyerda ham story.mnu
faylidagidek fayllarga yo'l
ko'rsatilgan.[EXIT] dasturdan
chiqishni taminlaydi.Mana deyarli
java kitobimizni asosiy qismini
tayyorlab oldik.Ohirgi ishimiz img
papkasidagi png formatdagi
rasmlarni o'zimiz qo'ymoqchi
bo'lgan rasmlar bilan
huddishunday nom bilan nomlab
almashtirib chiqamiz! Endi
dasturdan chiqib X-prore dasturi
orqali dvijok.zip ni dvijok_jar deb
o'zgartiramiz! Va X-prore
dasturidan chiqib telefonimizdan
dvijok_jar fayli topamiz. Uni
nomini o'zgartiramiz. Yani
dvijok_jar ni dvijok.jar deb
saqlaymiz! Mana bizning birinchi
yasagan java kitobimiz ham
tayyor bo'ldi. Endi bemalol
foydalanishga topshirishingiz
mumkun! Ma'lumot:
[EXIT] - dasturdan chiqishni
taminlaydi.
[URL] - havola berish uchun
ishlatiladi
.mnu fayllari nomlarini
o'ygartirishni maslahat
bermayman!
class fayllarni o'zgartirishga hojat
yo'q!:)E'tibor uchun raxmat!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 May 2019, 06:41
Muallif: @RM_FANAT (28)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 219 (0/219)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru