Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Real Madrid stadioni haqida
Nomi: Estadio Santiago Bernabeu
Stadion qurilishi: 1947-yil 14-dekabr
Qayta qurilgan: 2006-yil 20-sentyabr
Sig'imi: 85000 kishi
Maydon ulchami: 106 x 70 metr
Oldingi nomi: “Chemartin”
Joylashuvi: Ispaniya poytaxti Madrid shaxrida joylashgan
STADION TARIXI
XIX asr boshida hali Real Madrid jamoasi tashkil topmasdan bir guruh futbolchilar Madrid markazidagi mramor sotuvchilarga tegishli hududda to’p tepa boshlaganlar. So’ngra 1902 yil 6 martda Real Madrid futbol jamoasi tashkil etilgandan keyin jamoa kichkinagina Madriddagi arenaga ko’chib o’tdilar. 1924 yil ushbu arena o’rniga 15 000 kishiga mo’ljallangan “Chemartin” stadioni quriladi. U yerda Jamoa 23 yil to’p surdi.
1944 yil jamoaning prezidenti Santiago Bernabeo yangi stadion qurilishiga qaror qiladi va qurilish 3 yil davomida amalga oshiriladi. “Qaymoq ranglilar”ning stadiondagi dastlabki rasmiy uchrashuvi 1947 yil 14 dekabr kuni Portugaliyaning “Belenensyesh” jamoasiga qarshi bo’lib o’tadi. Bu uchrashuvda Real Madrid 3:1 hisobida g’alaba qozonadi.
Yangi stadionning sig’imi 75 145 kishi (27.5 ming o’rin o’yinni o’tirib tomosha qilgani va 47.5 ming o’rin tik turib tomosha qilgani mo’ljallangan), lekin Don Santiago bu bilan to’xtab qolmadi va stadionga o’rindiqlar to’liq o’rnatila boshlandi.
1955 yil 4 yanvarda muhlislarni qaroriga binoan stadionga “Santiago Bernabeo” nomi berildi. XX asrgacha stadion dunyodagi eng ko’rkam stadion bo’lib kelgan, sababi birinchidan, stadionga 4 ta katta minora qurilgan, ikkinchidan UEFA stadionni kengaytirishga qaror qilgan va uning sig’imi 80 354 kishigacha ko’paytirilgan.
2003 yilda stadionga besh yulduz maqomi berilgan, besh yildan so’ng esa UEFA stadionga Chempionlar Ligasi 2009/2010 yilgi mavsumni finalini o’tkazish huquqini beradi va bu huquqdan Real Madrid mutasaddilari unumli foydalanib final uchrashuvini a’lo darajada o’tkazishga muvaffaq bo’lishdilar.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 May 2019, 14:33
Muallif: @Krasav4ik (19)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 184 (0/184)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru