Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Futbol qiroli Pele haqida faktlar
23 oktyabr kuni jahon futboli tarixida eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblangan Pele 75 yoshga to'ldi.Uch karra jahon chempioni Braziliya terma jamoasi va “Santos”dagi o'yinlari bilan millionlab muxlislar mehrini qozongan. Terma jamoada 91 o'yinda 77to'p kiritgan. Uning faoliyatidagi muhim jihatlarga etiboringizni qaratamiz.1940 yil 23 oktyabr sanasida Braziliyaning Tres-Korasoyns mavzesida Edson Arantis du Nasimentudunyoga kelgan. Keyinchalik u jahonga Pele laqabi bilan futbol yulduzi sifatida tanildi.Pele otasi tufayli futbolga kirib kelgan. Juan Ramos du Nasimentu yoki Dondino Minas-Jeyras shtati saviyasidayaxshi futbolchi bo'lgan. Keyinchalik u o'g'li Edsonning to'p bilan mahoratini shakllantirgan va “Santos” maktabiga ko'rikka olib borgan.Katta futbolda ajoyib muvaffaqiyatlarga erishgan Pelening 1363 uchrashuvda 1283 to'p kiritgani malumotlarda saqlangan. Biroq shulardan 500 golni u norasmiy o'yinlarda urgan. U ko'rgazmalibellashuvlardagi gollarini ham hisobga qo'shgan. 17 yoshdayoq u jahon chempionatiga yulduziga aylangan. CHorak finalda bir, yarim finalda uch va finalda ikki to'p kiritgan. 1962 yil jarohat tufayli finalni, 1966 yil guruh bosqichi o'yinlarini o'tkazib yuborgan. 1970 yil esa Pele juda kuchli Braziliya terma jamoasi safida uchinchi marta mundial g'olibiga aylangan. U uch marta jahon chempioniga aylangan yagona o'yinchi hisoblanadi. Klublari bilan 29 marta turli sovrinlarga ega chiqqan.Pelening bashoratlari noto'g'ri chiqishi bilan mashhur. Nii Lempti va Nik Barmbijahon yulduzlariga aylanishi, 2000 yilgacha Afrika termalaridan biri jahon chempionatida g'olib bo'lishi, 2002 yil Braziliyaning guruhdan chiqmasligi va finalda Franciya va Argentina o'ynashi to'g'risida bashoratlarni eslab o'tish buning uchun etarli bo'lsa kerak.Pele Braziliyada savodli insonlar ko'payishiga katta hissa qo'shgan. Gap shundaki, 1970-yillarda uning hayoti haqida avtobiografik asar chop etilgan. Uni o'qish uchun ko'plab braziliyaliklar o'qish va yozishni o'rganishgan. CHunki u millatning sevimli insonlaridan biriga aylangan, uning hayoti haqida barcha malumotdan xabardor bo'lishni xalq o'zi uchun shart deb sanardi.Edsonning laqabi nomi ostida sport mahsulotlari, qo'l soatlari va kofe ishlab chiqarilgan. Oxirgi yillarda futbol yulduzisog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch keldi, bir qator operaciyalarni boshdan kechirdi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 May 2019, 14:34
Muallif: @Krasav4ik (19)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 209 (0/209)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru