Bloglar | Futbol | YCHL sovrini «Liverpul»ga nasib etdi
Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumi yakuniga etdi. Bosh sovrin uchun Angliyaning ikki jamoasi — "Liverpul" va "Tottenxem" klublari kurash olib borishdi.Final Klopp jamoasi uchun juda omadli boshladi. Ilk hujumdayoq Mane jamoadoshlari tomon uzatma berayotgani chog'da to'p jarima maydonchasi ichida turgan Mussa Sissokoning qo'liga tegib ketdi. Hakam ikkilanib o'tirmasdan penalti belgiladi. Muhammad Saloh 11 metrli jarima zarbasini markaz bo'ylab yo'lladi va hisobni ochdi. Mersisaydliklar bunday stsenariyni rejalashtirishganmi yoki yo'qmi, bunisi aniq emas, ammo ular tezda hisobdan kelib chiqib o'ynashga o'tishdi. Klopp shogirdlari ishonchli himoyalanib, raqibning xato qilishi kuta boshlashdi. Qarshi hujumlar paytida "Liverpul"ning ikki qanot himoyachilari — Trent Aleksandr-Arnold va Endryu Robertson ikki marta olis masofadan zarba yo'llashdi. Bir zarbaga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, ikkinchisini Loris bartaraf etdi. "Tottenxem" esa tanaffusga qadar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olmadi. Ular so'nggi uzatmani berishda aniqlik etishmadi. Boz ustiga, hali formasini tiklay olmagan Xarri Keyn jamoasiga foyda bera olmadi. Ikkinchi bo'limda Pochettino tavakkalga qo'l urib, yarim himoyachi o'rniga hujumchi Lukas Mourani tushirdi. Londonliklar ikkinchi taymni ancha hujumkor o'tkazib, ko'plab zarbalarni yo'lladi. "Liverpul" posboni Alisson Beker barcha zarbalarni qaytarib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Boz ustiga, o'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida mersisaydlar o'yinga kiritgan burchak to'pi samarali chiqdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to'p uchun kurash oqibatida Origiga uzatma berildi. Belgiyalik futbolchi o'tkir burchak ostida erlatib zarba berdi va olis burchakni aniq nishonga oldi.Shu tariqa, "Liverpul" o'z tarixida 6 marta, Yurgen Klopp esa faoliyatida ilk marta Evropa chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.Evropa chempionlar ligasi, finalTottenxem Angliya – Liverpul Angliya 0:2 (0:1, 0:1)Gollar: 0:1 – 2, penalti Saloh, 0:2 – 87 Origi. Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Alli (Lorente, 82), Uinks (Lukas Moura, 66), Sissoko (Dayer, 74), Eriksen, Son Xiin Min, Keyn.Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Fabino, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 90), Saloh, Firmino (Origi, 58)
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Jun 2019, 00:02
Muallif: @CaPiTaN (7)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 206 (0/206)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru