Bloglar | Texnologik xabarlar | Huawei uchun o'ch olgani qurbon tanlandi
Xitoy hukumati Huawei kompaniyasi shikoyatidan so'ng AQShning FedEx etkazib berish xizmatiga nisbatan tekshiruv boshladi, deb xabar berdi Kun.uz nashri. Qayd etilishicha, tekshiruvga o'ziga mo'ljallangan jo'natmalar bir necha marta boshqa manzillarga etkazilgani to'g'risida Huawei kompaniyasining shikoyatlari sabab bo'lgan. Shikoyatlarda aytilishicha, Yaponiyadan yuborilgan jo'natma AQShga, Vetnamdan jo'natilgani esa Osiyo mamlakatlaridan biriga etkazilgan. Huawei vakillarining so'zlariga ko'ra, jo'natmalarda hujjatlar bo'lgan. Avvalroq Xitoyning Global Times nashri muharriri Xu Sitszin Xitoy hukumati AQShning Huawei kompaniyasiga nisbatan cheklovlariga javob choralari tayyorlayotganini aytgandi. Keyinroq Xitoy Amerika kompaniyalarining qora ro'yxatini tayyorlayotgani ma'lum qilindi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Jun 2019, 06:05
Muallif: @Bek_CapitanO (3)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 181 (0/181)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru