Bloglar | Har xil ma'lumotlar | ​​Qiziqarli Malumotlar
Hududi jihatidan eng kichik davlat – Vatikan (44 gektar).

Butun qit'a hududini egallagan yagona davlat – Avstraliya.

Orollari eng ko'p davlat – Indoneziya.

Eng ko'p chegaralari bor (108 ta) materik – Afrika.

Davlatlar o'rtasidagi eng uzun chegara – AQSh va Kanada chegarasi (8963km).

Qit'alararo eng katta tug'ilish va o'lim ko'rsatkichi Afrikada.

1974 yilda erining o'limidan so'ng Mariya Estela Martines de Perron Argentina prezidenti lavozimini egallagan va u dastlabki prezident ayol bo'lgan.

Isroil, Livan, Yangi Zelandiya, Ummon va Buyuk Britaniyada konstitutsiya yo'q.

Singapurning butun hududini metroda aylanib chiqish mumkin.
Metro liniyalarini uzunligi esa 67 km bo'lib, Singapur metropoliteni eng zamonaviy metropolitenlardan biridir.

Namibiya poytaxtidan 450 km shimolroqda erga tushgan eng yirik meteorit – Xoba yotibdi.Uning vazni taxminan 50 tonnaga teng.

Dunyodagi eng yirik meva Seyshel palmasi mevasidir. Uning vazni 20 kg atrofida bo'ladi.

AQShning Kentukki shtatida yashovchi fuqaro qonunga ko'ra har yil loaqal bir marta vanna qabul qilishi shart.

Fransiyada 1944 yilga qadar ayollarga ovoz berish huquqi berilmagan.

Bahrayn, Bruney, Quvayt va Qatar davlatlarida daromad solig'i yuq!

Tinch holatda odam minutiga 12-20 marta nafas oladi. Otlarda bu ko'rsatkich 12ta, kalamushlarda 60 ta, kanareykada 110 tani tashkil qiladi.

Odamning umumiy qon tomirlari uzunligi taxminan 100 ming kilometrni tashkil qiladi.

Har daqiqada miyaga taxminan 740-750 millilitr qon oqib keladi.

Ko'zlar taxminan 60-80 daqiqa ichida qorong'ulikka to'liq moslashadi.

Erkaklar bir qultum ichishda taxminan 21 millilitr, ayollar esa 14 millilitr suyuqlik ichadilar.

Organizmdagi suvning bir foizi kamaysa ham kishini kuchli tashnalik bezovta qiladi.

Organizmdagi suv 5 foizga kamaysa, kishi behush bo'ladi.
10 foiz kamayishda o'lim yuz beradi.

Buyuk Xitoy devorini qoplab chiqish uchun taxminan 15.840.000 o'ram gulqog'oz kerak bo'ladi.

Ikkinchi ming yillik boshida (1000 yilda) Yer shari aholisi 400 million kishini tashkil qilgan.

Oxirida esa (1999 yilda) 6 milliarddan oshgan.

Aholi jon boshiga qog'oz sarfi dunyo bo'ylab o'rtacha 45 kg Afg'oniston va Malida bu ko'rsatkich 100 grammani tashkil qilsa, Finlyandiyada 1400 kg ga etadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Jun 2019, 06:42
Muallif: @Najmiddin (25)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 167 (0/167)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru