Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Qiziqarli Faktlar !

1) Dunyoda har bir inson betakror, mumtoz bir asardir. Xatto, barmoq izlari bir-biriga to'liq mos keladigan ikki odamni uchratish mumkin emas.

2) Inson tinch holatda bir daqiqada 12-20 marta nafas olib, 400 litr kislorod iste'mol qiladi.

3) Inson to'g'ri chiziq chiza oladigan yagona mavjudot.

4) O'rtacha umr ko'radigan inson sochlarining uzunligi 725 kilometrni tashkil etarkan.

5) Oq sochli kishilarning soqoli qora sochli kishilarnikiga nisbatan tezroq o'sadi.

6) Inson kulganida 17 mushagi ishga tushadi.

7) Eng yuqumli kasallik esnashdir.

8) Inson DNKsi 80 000 genlardan iborat.

9) Erkaklar 130 sm.dan, ayollar 120 sm.dan past bo'lsa, pakana hisoblanishadi.

10) Inson yuragining o'rtacha og'irligi erkaklarda 260 g ayollarda esa 253 g ni tashkil etadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragining og'irligi 18-20 g atrofida bo'ladi.

11) Dunyoda maqtovni yoqtirmaydigan insonning o'zi yo'q.

12) Insonning har bir barmog'i umri davomida taxminan 25 million marta bukiladi.

13) Inson yuragi hajmi uning mushti bilan barobar. og'irligi esa o'rtacha odamda 220-260 grammni tashkil etadi.

14) Inson organi tarkibida bor-yo'g'i 4 xil mineral mavjud: apatit, aragonit, kalsit va kristobalit.

15) Inson miyasi dunyodagi barcha telefonlar baravariga jiringlaganidan ko'ra ko'proq elektr impulsi ishlab chiqaradi.

16) Kuchli yorug'lik ta'sirida inson ko'zi xiralashadi, buni g'or so'qirlik deb atashadi.

17) Inson organizmida yashaydigan bakteriyalarning umumiy og'irligi 2 kilogrammni tashkil etadi.

18) Inson miyasida bir daqiqa ichida 100 000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.

19) Chaqaloqlar tizza qopqoqlarisiz tug'ilishadi. Ular 2-6 yosh ichida paydo bo'ladi.

20) Inson tanasidagi barcha tomirlarni ulasa, 100 mingdan 160 ming kilometrgacha uzunlikda bo'ladi.

21) Inson tuqilganda miyadagi hujayralar soni taxminan 14 milliardga yaqin bo'ladi. Bu son umrning oxirigacha o'smaydi, aksincha, yosh 25 dan o'tganda, kuniga 100 000 donagacha kamayadi. Bir daqiqa kitob o'qiganda miyadagi o'rtacha 70 dona hujayra nobud bo'larkan. 40 yoshdan keyin miyada juda katta o'zgarish kuzatiladi, yo'qotilish keskin oshadi. Neyronlar (asab hujayralari) quriy boshlaydi va miya hajmi torayadi.

22) Inson ingichka ichaklari uzunligi umri davomida 2,5 metrgacha o'sadi. o'ayotdan ko'z yumgan vaqtda, mushaklar bo'shashishi oqibatida, uning ingichka ichaklari 6 metrgacha cho'ziladi.

23) Insonda 2 milliondan ortiq ter bezlari mavjud. O'rta yoshli kishidan bir litr ter chiqishi oqibatida 540 Kkaloriya yo'qotiladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40% ko'proq ter yo'qotadi.

24) Insonning o'ng o'pkasiga chapdagisiga nisbatan ko'proq havo joylashadi.

25) Katta yoshdagi kishilar bir kunda taxminan 23000 marta nafas oladilar.

26) Ayol organizmi umri davomida 7 millionga yaqin tuxum hujayralari ishlab chiqaradi.

27) Inson ko'zi 10 000 000 dan ortiq rangni farqlay olishga qodir.

28) Inson og'zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi. 29) Papafobiya Rim Papasidan qo'rqish kasalligi.

30) Ochiq ko'z bilan aksirish mumkin emas.

31) Inson umurtqasi 33 yoki 34 bo'lak suyakchalardan tashkil topgan.

32) Ayollar erkaklarga nisbatan 2 baravar ko'p mijja qoqadi.

33) Inson organizmidagi eng kuchli muskuli til.

34) Inson organizmida 2000 ga yaqin ta'm bilish reseptorlari mavjud.

35) Messopotamiyada vrach mijozi vafot etsa, o'sha vrachni ham qatl etgan. Ko'zi ko'rmay qolsa, uni ham ko'r qilishgan.

36) Yangi tug'ilgan chaqaloqda 300 dona suyak mavjud bo'ladi. Ulg'aygach, suyaklar soni bor-yo'g'i 206 donani tashkil etadi.

37) Inson tanasidagi yog'ning miqdori yetti bo'lak sovun ishlab chiqarishga yetadi.

38) Inson tanasidagi asab to'qimalari sekundiga 90 metr o'tkazuvchanlikka ega.

39) Sochning qalinligi sovun pufagining qalinligidan 5 000 marta katta.

40) Bir yilda inson yuragi 36 800 000 marta uradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Jun 2019, 21:27
Muallif: @Shahzodbek (2)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 122 (0/122)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru