Bu ilovadan
180 dan ortiq mamlakatda 1 millliarddan ortiq insonlar do‘stlari va oilalari bilan muloqot qilish uchun WhatsApp dan foydalanishadi. WhatsApp bepul va dunyoning barcha telefonlari uchun mavjud bo‘lgan oddiy, xavfsiz, ishonchli xabarlashish va qo‘ng‘iroqlashishni taklif qiladi.
Ha, WhatsApp nomi - "What's Up" iborasidan olingan so‘z o‘yini.
Ma’lumotlardan foydalanganlik uchun haq olinishi mumkin.
Bizning missiya
WhatsApp dastlab SMS muqobili sifatida ishga tushirilgan. Bizning mahsulot endilikda har xil turdagi mediani yuborish va qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi: matnlar, rasmlar, videolar, hujjatlar va joylashuv, shuningdek, ovozli qo‘ng‘iroqlarni ham. Bizning xabarlarimiz va qo‘ng‘iroqlarimiz boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalangan, bu shuni anglatadiki, na WhatsApp, na uchinchi tomonlar ularni o‘qiy yoki tinglay olmaydilar. Har bir mahsulotimiz bilan bog‘liq qaror ortida odamlarga dunyoning istalgan nuqtasida to‘siqlarsiz muloqot qilish imkonini yaratish xohishimiz yotadi.
Bizning jamoa
WhatsApp avval 20 yil Yahoo’da ishlagan Yan Kum va Brayan Ekton tomonidan tashkil qilingan. WhatsApp Facebook’ga 2014-yilda qo‘shildi, lekin dunyoning istalgan nuqtasida tez va ishonchli ishlaydigan xabar almashish xizmatini yaratishga bor e’tiborini qaratgan holda alohida ilova sifatida ishini davom ettirmoqda.

O'rnatish uchun telefoningizdan

http://whatsapp.com/dl
ga tashrif buyuring.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Jul 2019, 17:56
Muallif: @wapmasteruzb (10)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru