Bloglar | Texnologik xabarlar | Gadjetlarning bolalar uchun xavfi ....
Gadjetlarning kichik bolalar va o`smirlar uchun salbiy tasiri shu darajada batafsil hujjatlashtirilganki, texnologiyalardan voz kechish tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biriga aylanib ulgurdi. Biroq yangi tadqiqot elektron qurilmalar ekrani oldida o`tkazilgan vaqt, bolaning ruhiy salomatligiga tasir qilishi borasidagi masalani ilgari surmoqda. Yana bir tadqiqotga ko`ra, bolaga gadjetlardan foydalanishni man etish aslida yoqimsiz oqibatlarga ega bo`lishi mumkin.
O`smirlar ijtimoiy tarmoqlar va video o'yinlarga ko`p vaqt sarflashlari borasida hech qanday shubha yo`q. Amerika pediatriya akademiyasi hisob - kitoblariga ko`ra, bola elektron qurilmalarga kuniga o`rtacha 7-soat sarflaydi. Bolalarning o`zi vaziyat nazoratidan chiqib ketganini tan olishmoqda. 13 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`smirlarning 54 foizi telefon oldida ko`p vaqt sarflashini va 52 foizi bu vaziyatni to`g`rilashga harakat qilganini aytishgan.
Gadjetlarga tobelik jamiyatda keng tarqaldi. O`tgan yili o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, hatto qishloqlarda yashaydigan maktab o`quvchilari ham vaqtlarini ochiq havodagiga qaraganda, telefon bilan ko`proq o`tkazishadi. Amerika pediatriya akademiyasi 18 oydan kichik bo`lgan bolalarga telefon bermaslik, 18-oydan, 24-oygacha yoshdagi bolalarga mulfilm tomosha qilish vaqtini cheklash, ikki yoshdan besh yoshgacha bolalarga elektronikadan kuniga bir soat berishni tavsiya etishmoqda. Biroq bu ishlaydigan, ota-onalar uchun uyda smartfon, planshet yoki televizor umuman bo`lmasligi kerakligini anglatadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 Sep 2019, 09:45
Muallif: @Shahzodbek (2)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 187 (0/187)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru