Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Jumanazar aka stavkachilar ko`chasida
Mana bolam, mahallamizdagi boylar ko'chasiga ham keldik. Bu ko'chani nomi "Stavkachilar". Bu yerda turli sport o'yinlariga pul tikadigan odamlar yashaydi.
Faqat ular sport o'yinlari uchun pul tikmaydilar. Ular o'z obunachilariga taxlil(prognoz)larini sotishadi.
Prognozlari to'g'ri chiqsa ham, chiqmasa ham bu shovvozlar doim daromad olishadi.
- iye qanday qilib, axir noto'g'ri prognoz olgan odam ular bilan qaytib ishlamaydiku!
- Bolam, loxlar ko'p va ular hammaga yetadi. Oson pul olish niyyatida bo'lganlar suvaraklardek tez ko'payishadi va kapalakdek tez o'lishadi. Aynan shu qisqa davr ichida stavkachilar ulaning bor pullarini tortib olishadi.
- Jumanazar aka(mahalla komisiyani nomi shunaqa edi), to'liqroq tushuntirib bera olasizmi?
- Albatta bolam. Axir shuning uchun seni yetaklab yurayapmanku.
Sport stavkalariga turli bukmeker kontoralar orqali pul qo'yib ishlanadi. Ya'ni garov o'ynaladi. Bu usul 100% tavakkal bo'lgani uchun daromadi ham yuqori bo'ladi. Aynan shuning uchun oson pul topish ilinjida bo'lgan odamlar shu ishga qo'shilib qoladi.
Bu spektaklda bukmeker, o'yinchi va uchinchi shaxs - KAPER ishtirok etadi.
Kaperlar senga bugungi o'yinda kimning g'olib bo'lish ehtimoli yuqori ekanligini taxmin qilib berishadi. Aynan shu taxmin(prognoz)larini senga sotishadi.
Hozir telegramda turli "yangi boy"lar stavkalar orqali boyib ketishganini aytib odamlarni bu ishga jalb qilishadi. Lekin, ularning o'zi hech qachon pul tikishmaydi. Bilasanmi nega? chunki trenerlar o'ynamaydi!
- Unda ularga pul qayerdan keladi?
- Yaxshi savol bolajonim. Birinchidan ular prognozlarni yopiq kanalda yozishadi. Yopiq kanalga a'zo bo'lish esa pullik.
Yana bir qiziq tomoni, bukmeker saytlarda hamkorlik qilish bo'limi bor. Unga ko'ra, sen shu saytga olib kelgan har bir odamingni mag'lubiyatidan 40% yoki 30% olasan.
Yopiq kanalga a'zo bo'lish - haftasiga 100.000 so'm.
Obunachi stavkada yutsa - kaperning reputatsiyasiga plyus. Yutqazsa, hamyoniga
Ular uchun ko'proq obunachilarni yutqazishi muhimroq.
O'rtacha 100.000 so'm tikib o'ynasayu yutqazsa kaperga 40.000 so'm bonus. Jami 1 ta obunachida 140.000 so'm.
Obunachilar 100 ta bo'lsa, 1 o'yinda 14.000.000 so'm yutib olishadi. Bu kamidaaa....
- Voy nomardlarey. Unda qanday qilib kanalga yutuqga erishgan obunachilarning yozishmalarini qo'yishadi?
- Eh bolam, soddasandaa. Sodda. Birinchidan montaj qilish ish emas. Agar kaper aqlliroq bo'lsa, 3 ta yopiq kanal ochib qo'yadi va 3 tasiga 3 xil prognoz beradi. Ya'ni: yutish, yutqazish, durrang.
O'yin tugagandan so'ng albatta 3 tasidan bittasi aniq to'g'ri chiqadi. Ana shu to'g'ri chiqgan jamoadagi obunachilarni skrinini kanalga joylaydi.
- Yutqazganlarchi? Ularni holi nima bo'ladi?
- Ular bolam, fillar o'lkasiga o'tkaziladi. Ya'ni unutiladi. Ko'pincha, yana bir bor omadini sinab ko'rishni taklif qilishadi. Obunachi bosh tortsa puliga uxlaydi.
Eng qizig'i ular militsiyaga ham habar bera olmaydi. Chunki, noqonuniy qimor o'yinida ishtirok etishgan.
Mana shunaqa bolaginam. Har qanday sharoitda ham pul ishlay oladigan odamlar mana shular hisoblanadi.
- Nima ham derdim, Jumanazaraka. Qoyil sizga, qoyil.
- Ho'sh, sayrni davom ettiramizmi???
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Oct 2019, 12:53
Muallif: @Dima Muratov (2)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 10 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 160 (0/160)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru