Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Instagram haqida!
Instagram- video yozuv va rasmlarni almashinish uchun yaratilgan, tekin dastur hisoblanadi. Instagram rasmlarni tezkor olib, ularga har xil filterlar qo‘llab kvadrat shaklda jo‘natish xususiyatlariga ega.Bu dasturga oid quyidagi faktlarni keltirish mumkin:- 2010 yil 6 oktyabrda iOS tizimi uchun ishga tushgan, asoschisi Kevin Systrom va Mayk Kriger;- 2012 yil Android platformasi uchun yaratilgan va sutka davomida million martadan ko‘p yuklab olingan;- 2013 yil 21 noyabrda Windows Phone 8 uchun Instagram versiyasi ishlab chiqildi;- dastlab, jo‘natiladigan videolar hajmiga to‘siq bor edi(15 sekund), 2013 yil iyunda bu to‘siq olib tashlandi;- Python dasturlash tilida yozilgan;- iOS dagi iPhone,iPad va iPod Touch,Android va Windows Phone tizimlarida ishlaydi;-App Store va Google Play orqali tarqatiladi;- 2010 yil dekabr oyida 1 million foydalanuvchilari bo‘lgan, 2011 yil iyunga kelib esa 5 millionga yetgan;- 2012 yil aprel oyida Facebook bu mobil dasturni $1 mlrd ga sotib oldi va shu yili Instagramning 2.5.0 versiyasi chiqdi, unda Instagram Facebook bilan bog‘landi;- 2013 yil 35 millionta selfi ro‘yxatdan o‘tgan;- 2014 yil Sukerberg (facebook asoschisi) 200 millioninchi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganini e'lon qildi;- har sekundda rasm va roliklarga 8500Likeqo‘yiladi;- har sekundda rasm va roliklarga 1000 kommentariya yoziladi;- 60% foydalanuvchilar AQSHdan tashqarida istiqomat qilishadi(bu degani asosiy foydalanuvchilar AQSHda);- 90% foydalanuvchilar 35 yoshdan kichik;- 2014 yil Instagramdagi eng mashxur brendlar:Nike, Starbucks, NBA, adidas Originals, TopShop, Forever 21, Vans, NFL, Michael Kors va GoPro;- ko‘pchilik rasmlarni filtrsiz yuklashadi:- 2013 yildagi eng mashxur xeshteg:#love;- 2013 yil 8 avgustda, Instagram Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i bilan bog‘landi;- 68% foydalanuvchilar ayol kishilar;-Apple iTunes versiyasi bo‘yicha 2011 yilning eng yaxshi dasturi;- 2012 yil mayda Dmitriy Medvedov ham bu dastur a'zosiga aylandi;Maqola uchun topgan faktlarim shulardan iborat, agar siz maqolani to‘latmoqchi bo‘lsangiz, pochtaga o‘z ma'lumotlaringiz bilan xat yuboring, men bu ma'lumotlarni maqolaga qo‘shib qo‘yaman.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Jan 2020, 14:12
Muallif: @BesTCodeR (7)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru