Bloglar | Foydali ma'lumotlar | jаvаsсriрtda hossalar
Ko’pgina HTML-konteynerlar atributlarga ega bo’ladi. Masalan, yakor konteyneri <A ...>...</A> uni gipermatnli o’tishga aylantiruvchi HREF atributiga ega bo’ladi:
<A HREF=tami.htm>tami</A>
Agar yakor konteyneri <A ...>...</A> ni ob’ekt sifatida ko’radigan bo’lsak, u holda HREF atributi “yakor” ob’ektininghossasiniberadi. Dasturchiatributqiymatini, shu bilanob’ektning hossasinio’zgartirishi mumkin:
document.links[0].href="tami.html";
Barcha atributlarda ham qiymatlarni o’zgartirish mumkin emas. Masalan, grafik rasmning balandligi va bo’yi sahifada rasmni tasvirlashda dastlabki yuklanganiga ko’ra aniqlanadi. Barcha keyingi rasmlar avvalgisiga ko’ra masshtablashtiriladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Microsoft Internet Explorerda rasmning o’lchamlari o’zgartirilishi mumkin.
Tasvirning umumiyligi uchun jаvаsсriрtda hossalar bilan HTML-bo’laklarda muqobili bo’lmagan ob’ektlar beriladi. Masalan, Navigator ob’ekti yoki brauzer oynasi deb ataluvchi,jаvаsсriрtdagi umuman eng yuqori ob’ekt hisoblanuvchi bajarish muhiti.
Metodlar.
jаvаsсriрt terminologiyasida ob’ekt metodlari deganda uninghossalarinio’zgartiruvchi funktsiyalar tushiniladi. Masalan, “dokument” ob’ekti bilan open(), write(), close() metodlari bog’langan. Bu metodlar dokumentni hosil qilish yoki uning mazmunini o’zgartirish imkoniyatini beradi. Quyidagi oddiy misolni ko’ramiz:
function hello()
{ id=window.open("","example","width=400, height=150");
id.focus(); id.document.open();
id.document.write("<H1>Salom!</H1>");
id.document.write("<HR><FORM>");
id.document.write("<INPUT TYPE=button VALUE='Oynani yopish' ");
id.document.write("onClick='window.opener.focus();window.close();'>");
id.document.close();
}
Bu misolda open() metodi dokumentga yozish oqimini ochadi, write() metodi bu yozishni amalga oshiradi, close() metodi dokumentga yozish oqimini yopadi. Bularning barchasi oddiy faylga yozishdagi kabi ro’y beradi. Agar oynada status maydonchasi bo’lsa (odatda unda dokumentni yuklash darajasi tasvirlanadi), yopilmagan dokumentga yozish oqimi bo’lgan holda unda huddi dokumentni yuklashdagi kabi yozishni davom etayotganligini ko’rsatuvchi to’rtburchak tasvirlanadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 12 Aug 2018, 11:59
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 8 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 193 (0/193)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru